Xo‘jalik faoliyati.
Har qanday korxonaning xo‘jalik faoliyati deganda unda yuz
beradigan
ta’minot, ishlab chiqarish
va
sotish jarayonlarining
majmuasi tushuniladi.
Korxona faoliyat ko‘rsatishi uchun unga mehnat predmetlari va vositalari, ishchi
kuchi, pul mablag‘lari va boshqa ta’minotlar kerak bo‘ladi.
Ta’minot
deb atalmish bu
jarayonni, odatda, korxonaning maxsus ta’minot bo‘limi xodimlari
olib boradilar. Ushbu jarayonsiz faoliyatning keyingi jarayonlari, ya’ni ishlab chiqarish
va sotish jarayonlari amalga oshishi mumkin emas. Shuning uchun korxona ning doimiy
faoliyat ko‘rsatishi aynan ta’minot jarayonining uzliksizligiga bevosita bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |