Parket
Parket (frans. parquet) — turar joy va jamoat binolari pollariga qoplash uchun moʻljallangan
yupqa taxtacha yoki shunday taxtachalardan qilingan pol. Taxtachalar har xil geometrik
shakllarda teriladi (qoqiladi). P. pol kurkam chiqadi, tovush va issiklikni uncha oʻtkazmaydi.
Qattiq jinsli yogʻoch (zarang , eman, qayin, yongʻoq, qora qayin va boshqalar) dan
tayyorlanadi. Yigma, shitli va listli xillari bor. Yigʻma P. uzunligi 150–500 mm, eni 35 –90 mm
va qalinligi 12–20 mm li toʻgʻri toʻrtburchak planka taxtachalardan ibo-rat. Har bir taxtacha
chetlariga ariqchalar qilinadi. Taxtacha qoplashda oldin polga siyrakroq qilib taxtalar qoqilib,
ustiga karton yoki qogʻoz toʻshaladi. Taxtachani shu toʻshama ustiga qoʻyib, yonidagi
ariqchasiga qiyalatib mix qoqiladi, ariqchaga tirnoq (en-siz yupqa taxtacha) tiqiladi,
tirnoqning ariqchadan chiqib qolgan qismini navbatdagi taxtacha ariqchasiga ki-ritib, shu
taxtachaning narigi chetidagi ariqchasiga mix qoqiladi. Taxtachalar birin-ketin shu tarzda
mahkamlab ke-tilaveradi. Taxtachalarni har xil naqsh hosil boʻladigan qilib krqish mumkin.
Shitli P. 5x1,5 m gacha oʻlchamli shit tarzida tayyorlanadi. Shitlar siyrak qoqilgan taxtalar
ustiga mix bilan mah-kamlanadi, shitlar orasida hosil boʻlgan tirqishga yupqa taxtachalar ti-
qib yopishtiriladi. L istl i P. qattiq yogʻoch-tolali plitalar ustiga yupqa (4– 6 mm li) taxtachalar
yopishtirib tayyorlanadi. Agar P.-pol beton ustiga qoplanadigan boʻlsa, pol ustiga oldin rey-
kalar qoʻyib, ularning ustiga siyrak qilib taxtalar qoqiladi. P. -taxtachalar ana shu taxtalar
ustiga qoplanadi. P.ni randalaydigan, pardozlaydigan maxsus mashinalar bor. Pardozlangan
P. polga lok surkaladi. P.ni yuvib boʻlmaydi, nam qipiq, nam latta bilan artiladi, odatda, har
oyda bir marta maxsus. P. mastikasi bilan (movut latta yoki chutka yordamida) pardozlab
turiladi.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Parket&
action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Parket&oldid=1813862
" dan
olindi