M. J. Rajabov B. Sh. Butayev Maqsad



Download 91,79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi91,79 Kb.
#303438
Bog'liq
Kuzatuvchanlik sizda qay darajada



 Kuzatuvchanlik sizda qay darajada? 

Mualliflar: 1. M.J. Rajabov    

2. B.Sh.Butayev 

Maqsad: 

Kuzatuvchanlik qay darajada ekanligini aniqlash.



 

Tadqiqоt uchun zarur jixоzlar: 

qaydnoma, ruchka. 



Tоpshiriqning bajarilishi: 

Yarim - bir yil oldin bo’lib o’tgan biror 

vokeani eslashga harakat qiling, uni siz suratlar yoki videoyozuv orqali  

tiklashga urinmang. Qog’oz olib xotirangizdagi o’sha voqea haqida yoza 

boshlang.  Aytaylik  siz    sayohatga    borib  kelgansiz.  Eslab  ko’ring  siz 

qanday kiyinib qaerlarga borgansiz. Ustingizdagi ko’ylagingizdan tortib 

shimingiz  (yoki  yubka),  belbog’ingiz,  oyoq  kiyimingiz,  qo’lingizdagi 

buyumlar,  ularning  rangi,  barcha  mayda  detallargacha  eslang.  Nima 

qilganingiz va qanday insonlar bilan uchrashganingizni batafsil yozing. 

 



qaerga bordingiz? 

 



kimlar bilan bordingiz? 

 



nimada bordingiz? 

 



borgan  avtomashinangizning  markasi,  rangi,  davlat  nomeri  yoki 

seriyasi qanday? 

 

qaerlarda to’htadi, nima uchun? 



 

kimlar  bilan  tanishdingiz,  ismilari,  nima  bilan  shug’ullanishlari, 



oilasi haqida ma’lumot oldingizmi? 

 



ular qanday holatda turishar edi? 

 



emotsiyalari, tana holati qanday edi? 

 



ularning ustidagi kiyimlari qanday edi? 

 



ularda qandaydir g’alati narsalar yo’qmidi? 

 



ular nima bilan shug’ullanishar edi? 


 

sizga nima deb murojaat qilishdi? 



 

siz nima deb javob qaytardingiz? 



 

ular qandaydir g’ayrioddiy narsalar bilan shug’ullanishmadimi? 



 

siz  o’zingiz xech narsa qilmadingizmi? 



 

nima yeb nima ichdingiz? 



Hamma  narsani  yozib  bo’lganingizdan  sung,  agar  bo’lsa  rasmlarni 

yoki  videoyozuvni tomosha kiling; 

 

haqiqatga to’g’ri kelyaptimi? 



 

qancha narsalarni  to’g’ri yozibsiz? 



 

sizning kuzatuvchanligingiz qanchalik o’zini ko’rsatdi? 



Ko’pchilik insonlar atrofiga e’tiborsizligi tufayli kuzatuvchanligidan, 

xotirasidan    noliydilar.  Agar  ular  qandaydir    depressiya,  stressda 

bo’lmasalar  yoki  asab  kasalligiga  uchramagan  yoki    xotiraga    yomon 

ta’sir qiluvchi  dori ichmasalar, ularning  kuzatuvchanligi yoki xotirasida 

muammo borligiga ishonmaslik mumkin. Ko’p hollarda ular  oddiygina 

atrofga e’tiborsiz bo’ladilar yoki xotirani mashq qildirmaydilar. Atrofga 

e’tiborli  bo’lish,  xotirani  ko’proq  mashq  qildirish  o’tgan    va  hozirgi 

kundagi axborotlar haqida ko’proq xabardor bo’lishga, siz bilan bog’liq 

keyingi  voqea-hodisalarni  oldindan  bashorat  qilish  imkonini  beradi. 

Mashq  qilsangiz  xotirangiz  yahshilanadi,  kuzatuvchanligingiz  oshadi. 

Xech bo’lmaganda yuqoridagi savolnomani bir haftada bir marta to’ldirib 

turish yoki takrorlash, o’z samarasini beradi. 

Keyingi safar o’zingiz bilgan insonlar tasvirini ko’rib chiqing, yanada 

yahshiroq bilish uchun ularning yuz tuzilishi va qo’l harakatlariga e’tibor 

bering.  Sizga  nisbatan  ularning  xis-tuyg’ulari  qanday,  kuzatishlaringiz 

natijasini tahlil qiling va quyidagi savolarga javob bering; 




 

ular sizga qanchalik uzoq yoki yaqin masofada turibdilar? 



 

ular sizdan ko’ra bir-birlariga yaqinmi, tegib turibdimi, 



 

ular bir-birlariga yoki sizga qanday tikilyaptilar? 



 

ularning  tabassumlari majburiy yoki soxta emasmi? 



 

siz bu suratni ko’rganda nimani his qildingiz? 



 

sizga  bu  surat  shodlik  yoki  g’amlik,  balki  kulgingizni 



keltirayotgandir? 

 



bu insonlar birga bo’lganlarida yahshi deb aytish mumkinmi? 

Bularning barchasini eslashga xarakat qiling. Tajribalar davomida  ko’p 



narsani o’rganib olasiz. 

 

Download 91,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish