NUKLÅIN KISLOTALAR KIMYOSI
Oqsillar biosintezi jarayonini, organizmlarning irsiy va genetik
o‘zgaruvchanligi mexanizmlarini, irsiy kasalliklarning kelib chiqishi
va avj olish mexanizmlarini tushunish uchun nuklein kislotalarning
tuzilishi to‘g‘risidagi bilimlar zarur. Nuklein kislotalarni kimyoviy
tarkibini o‘rganish bo‘yicha oxirgi olti o‘n yillikda erishilgan ulkan
yutuqlarga qaramasdan nuklein kislotalarni tuzilishi va biologik roli
o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlash uchun ko‘p muammolar hal etilishi
lozim. Nuklein kislotalarning tahlili yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borish,
shubhasiz, biologiya, tibbiyot va tirik organizmlar fanida kashfiyotlar
qilishga imkoniyat beradi. Nuklein kislotalar tuzilishida
komplementarlik prinsipining ochilishi nafaqat bu biopolimerlar
tuzilishining sirlarini ochishga, balki biologik makromolekulalar sintez
mexanizmi va hosil bo‘lishini ochishga imkon berdi.
Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalardir. Nuklein kislotalar
boshqa polimerlarga xos bo‘lmagan qator muhim biologik funksiyalarni
bajaradilar, ularning asosiylari quyidagilar: irsiy axborotning saqlanishi
va o‘tkazilishini ta’minlash, hujayra barcha oqsillari sintezini
programmalash orqali axborotni o‘tkazish mexanizmida bevosita
ishtirok etadi. Nuklein kislotalarni struktur tarkibiy qismlari kofaktor,
allosterik effektor vazifasini bajarib, kofermentlar tarkibida, modda
almashinuvida, energiyani hosil bo‘lishi, o‘tkazilishida, saqlanishida
bevosita ishtirok etadi. Ikki xil nuklein kislota – DNK
(dezoksiribonuklein) va RNK (ribonuklein) tafovut qilinadi. Odam
hujayralaridagi DNK molekulalarining uzunligi bir necha santimetrdir.
Har bir xromosoma DNKsi nihoyat darajada katta bo‘lgan bir
molekuladan yoki kamgina sondagi shunday molekulalardan iborat
bo‘lishi mumkin. Odamning 23 juft xromosomalaridagi DNKning
umumiy uzunligi taxminan 1,5 mga teng. RNK molekulalari kaltaroqdir:
ularning uzunligi odatda 0.01mmdan ortmaydi.
65
DNK asosan hujayra yadrosida, xromatin tarkibida bo‘ladi.
Mitoxondriyalarda DNK oz miqdorda bo‘ladi. RNK hujayraning hamma
qismlarida bo‘ladi va u hujayra umumiy massasini 5-10% ini tashkil
etadi.
Nuklein kislotalar nukleotidlarning polimerlaridir. Nukleotidlar uch
tarkibiy qismdan – pirimidin yoki purin asosi, pentoza va fosfat
kislotadan tuzilgan. Purin va pirimidin tuzilishining asosida 2 ta aromatik
geterotsiklik birikmalar – purin va pirimidin yotadi.
Purin molekulasi ikkita kondensirlangan halqa – pirimidin va
imidazoldan tarkib topgan.
Asosiy pirimidin asoslaridan tashqari nuklein kislotalar tarkibida
minor pirimidin asoslar: metil- va oksimetilsitozin, digidrouronil,
psevdouridin, 1-metiluronil va boshqalar uchraydi. TRNK molekulasida
10% gacha minor asoslar uchraydi, ular fiziologik ahamiyatga ega
bo‘lib, RNK molekulasini – gidrolitik fermentlar ta’siridan himoya
qiladi. Minor pirimidin asoslar struktur formulasi nukleozid shaklida
keltirilgan:
66
Asos bilan pentoza birikmasi nukleozid deb ataladi. Nukleotidlar
nukleozidmonofosfatlardir. Hujayralarda nukleoziddifosfat va
nukleozidtrifosfatlar ham bor.
Pentoza qoldig‘ining tabiatiga qarab nukleotidlar ikki turga
bo‘linadi. Ular – ribonukleotidlar va dezoksiribonukleotidlar. Dezoksi-
ribonukleotidlar organizmda DNK hosil qilish uchun foydalaniladi.
Ribonukleotidlar funksiyasi ancha xilma-xil. Ularning asosiy qismi
RNK hosil bo‘lishiga sarflanadi. Bundan tashqari, ribonukleotidlar
ba’zi transferaza reaktsiyalarida (xususan, polisaxaridlar sintezida)
kofermentlar vazifasini bajaradi. Adenilribonukleotitlar NAD, NADF,
FAD, KoA kofermentlar tarkibiga kiradi. Organizmda energiya
o‘zgarishlarida ATF o‘ziga xos bir rolni o‘ynaydi. Hamma
nukleozidlarda, xuddi ATFdagidek yuksak energiyali bog‘lar
gidrolizga uchraganida anchagina miqdorda (50kJmol atrofida)
energiya ajralib chiqadigan bog‘lar bo‘ladi; bular fosfat qoldiqlari
orasidagi bog‘lardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |