Oqsil komponentining lipidlar bilan bog‘lanish mexanizmi.
Lipoproteinlar hosil bo‘lishida turli tabiatga ega nokovalent kuchlar
qatnashadilar, ular lipid qismida ionlashgan atom guruhlarining bor yoki
yo‘qligi bilan belgilanadi. Agar lipoprotein hosil bo‘lishida fosfolipidlar
qatnashsa, unda o‘sha oqsil molekulasi o‘rtasida ion bog‘i hosil bo‘ladi.
Lipid qismining nopolyar guruhlari (masalan, yog‘ kislota
radikallari) va oqsil molekulasi o‘rtasida gidrofob bog‘lanishlar
mavjudligi isbotlangan. Turli nokovalent bog‘lari bo‘ladi, ular
biomembranalar qo‘sh oqsil-lipid strukturasining oliy darajada hosil
bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |