qilish agressiyaning psixologik turlaridan hisoblanadi. Birovning ustidan kulish
olmaydiganlar ustidan kulgi qilinadi, yoki ana shu vaziyatda konkret odam kulgiga
nisbatan ma’lum sabablarga ko’ra javob qaytara olmaydi. Inson ustidan kulish
uning nafsoniyatiga tegadi va uzoq vaqt dilda o’rnashib qoladi. Bolaligida mazah
qilingan ―semiz‖lar, ―omi‖lar, ―qishloqi‖lar, ―turqi sovuq‖lar keyinchalik o’z
ustidan kulgan odamlarga qarshi harakat olib borgani, yoki, ―birinchi muhabbati‖
24
hamma tomonidan kulgi ostiga olingan yigitlar keyinchalik o’z dushmanlaridan
qaqshatgich qasos olgani borasidagi hayotiy misollar ko’p. Ko’pchilik hollarda
kulgi ostida qolgan odam qulay vaziyat poylab o’z javobini tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: