Annotatsiya:
Ushbu maqolada o‘zbek tili darslarida pedagogik texnologiyalardan foyda-
lanishning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, unda pedagogik texnologiya atamasi va bir qancha
usullar haqida so‘z boradi.
Kalit so‘z:
Pedagogik texnologiya, o‘qitish texnologiyasi,
Ilmiy texnik taraqqiyot XX asr oxiriga kelib faqatgina ko‘plab ishlab chiqarish sohalarini
texnologiyalashtirishga sabab bo‘lib qolmay, balki madaniyat sohasiga, bilimlar gumanitar
sohalariga ham kirib keldi. Bugungi kunda biz endi axborot, tibbiyot texnologiyalari haqida
gapiramiz, shu jumladan ta’lim sohasida ham.
“Pedagogik texnologiya” so‘z birligi – bu inglizcha “
an educational technology
” – “ta’lim
texnologiyasi” iborasining aniq bo‘lmagan tarjimasidir. “Pedagogik texnologiya” tushunchasi
oxirgi paytlarda o‘qitish nazariyasida yanada kengroq qo‘llanilmoqda. Aynan “texnologiya”
termini va uning “o‘qitish texologiyasi”, “ta’lim texnologiyasi”, “ta’limda texnologiya” kabi
shakllariga pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar berilgan.
“Pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha ishlarda XX
asrning 20-yillarida tilga olingan. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya tushunchasida turlicha
ifodalashlar mavjud.
1. Texnologiya – bu bir ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan uslublar to‘plamidir
(izohli lug‘at).
2. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitish, tarbiyaviy vositalar, shakllari, metodlari, usul,
uslublarining maxsus to‘plami va tuzilishini belgilovchi psixologik-pedagogik ko‘rsatmalar
yig‘indisi, u pedagogik jarayonning tashkiliy metodik quroli demakdir
3. Texnologiya – bu san’at, mahorat, moxirlik, ishlab chiqish metodlari to‘plami, holatini
o‘zgartirishdir.
4. O‘qitish texnologiyasi - bu o‘quvchilar va o‘qituvchiar uchun so‘zsiz qulay sharoitlar
yaratib berish uchun o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish va olib borish bo‘yicha har
tomonlama o‘ylab chiqilgan hamkorlikdagi pedagogik faoliyat modelidir.
XX asr oxiriga kelib ilmiy-texnik taraqqiyot faqatgina ishlab chiqarishni texnologiyalashtirishga
olib kelib qolmay, balki madaniyat doirasi, bilimlar gumanitar sohalariga ham keskin kirib keldi.
XX asrning 20-yillarida “pedagogik texnologiya” termini birinchi bor pedagogika bo‘yicha
asarlarda tilga olingan. Shu vaqtning o‘zida yana bir boshqa – “pedagogik texnika” termini ham
tarqaldi. U pedagogik ensiklopediyada 30-yillarda o‘quv mashg‘ulotarini aniq va samarali tashkil
etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o‘quv
va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish mahoratlari
ham kiritilgan.
Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda ham pedagogik texnologiyalar asosida
darslarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi, Quyida o‘zbek tili darslarida qo‘llash tavsiya
etiladigan usullardan taqdim etmoqchiman.
“Ijodiy mashq” usuli.
Ushbu usul o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, o‘ziga xoslik masalaning mohiyatini chuqur
anglash,uni bajarishga nisbatan yondashish, dalillarni saralash va o‘qituvchi tomonidan berilgan
topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida bilimlarni qo‘llash va kengaytirish kabi holatlar bilan
tavsiflanadi.
Bunda o‘qituvchi
tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish,
bilimlarning bir qismini tinglovchilarga, ma’lum qiladi qolganini esa o‘quvchilar topshiriqlarni
yechish jrayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi o‘zlari bilimlarni mustaqil
egallashadi. Uni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchi tomonidan quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |