Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Tolibova J. Pedagogik texnologiyalar. – T.: 2005
2. Husanboyeva Q, Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: 2018
3. Yo‘ldoshev Q, Madayev O, Abdurazzoqov A. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.: 1994
34
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
YOSHLARNING ESTETIK DIDINI YUKSALTIRISHDA NAQQOSHLIK SAN’ATING
O‘RNI
Bekjanova Aziza Aytmuratovna-
Nukus shahar XTB ga qarashli “Progress”
Ta’lim va Rivojlantirivchi Markazi yonidagi
46-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada
bezak sanʼatining rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq
ijodining muhim sohasiga aylanganligi, u tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, shuningdek
xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda
rivojlanib borganligi haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Naqsh, bezak sanʼati, meʼmorlik, nafosat, tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik,
naqqosh
Xalqimiz tarixini, qadriyatlarini, ilm-fan va madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy
o‘rganish va tahlil etish g‘oyat muhimdir. Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar
bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular orqali o‘z orzu-umidlarini, muhabbatlarini,
tilaklarini kuylaganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har taraflama
o‘rganib, uylarni ajoyib naqshnigorlar bilan boyitganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam,
ruhiy osoyishtalik og‘ushida bo‘lishi, uzoq umr ko‘rishini donishmand bobolar asrlar davomida
hayotiy tajribalar asosida ilg‘aganlar.
Bezak sanʼati — sanʼat turi; inson atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash
uchun xizmat qiladi, unga estetik va gʻoyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak sanʼati insonning
xizmatidagi buyumlarga bezak boʻlib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, gʻoyaviy va badiiy
taʼsir koʻrsatadi, inson moddiy muhitining ko‘rki, nafosati sifatida namoyon boʻladi. Asosiy soha-
lari: meʼmorlik bilan bevosita bogʻliq boʻlgan monumental bezak sanʼati, jamoatchilik va ayrim
shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan amaliy sanʼat, bayram,
tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, koʻpchilik eʼtiboriga havola qilinadigan
stend, vitrinalarni bezash bilan bogʻliq boʻlgan bezash sanʼati, badiiy loyihalashdan iborat boʻlgan
dizayn.
Bezak sanʼati ning rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga
aylangan. U tasviriy sanʼat, badiiy hunarmandlik sohalari, shuningdek xalq ustalari, rassomlar,
haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bogʻliq ravishda rivojlanadi. Inson juda qad-
im zamonlardan boshlab oʻz moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga institutilgan. Odam-
lar boʻyniga munchoq, barmogʻiga uzuk, qoʻliga bilaguzuk taqib oʻzini bezatgan va kiyim-kechak,
turar joylarini koʻrkamlashtirishga institutilgan. Bezak sanʼati namunalari, ayniqsa, monumen-
tal bezak sanʼati asarlari koʻpchilikning eʼtiborida boʻladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham
muhim rol oʻynaydi. Jamoat, maʼmuriy bi-nolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalar-
da naqqoshlik, oʻymakorlikdan tashqari tasviriy sanʼat koʻrinishlari (devoriy rasm, mozaika,
haykaltaroshlik asari, vitraj va boshqalar) bezak vazifasini o‘tash bilan bir qatorda maʼlum ijti-
moiy gʻoyalarni ham targʻib qiladi, ifodalaydi.
4-sinf o‘quvchilari uchun dars jarayonida quyidagicha nazariy va amaliy tushunchalar beriladi.
Naqsh – amaliy bezak san’atining eng ommalashgan turlaridan biridir. Xalq amaliy bezak san’ati
deganda, ajdodlarimiz asrlar davomida yaratib kelgan hamda ustalarimiz tomonidan bugun ham
davom ettirilayotgan milliy hunarmandchilik buyumlari va amaliy san’at asarlarini tushunamiz.
Turli xil naqshlar amaliy san’atning asosini tashkil qilib, ular uch turga: islimiy, girih va murakkab
naqshlarga bo‘linadi. Islimiy naqsh. Egri chiziqli o‘simliksimon shaklli elementlardan tashkil top-
gan naqsh islimiy naqshlar – oygul, barg, novda, bofta, gajak, marg‘ula kabi naqsh elementlaridan
badiiylashtirilib (stilistik yo‘l bilan) yaratiladi. Bunda elementlari o‘simliklar, ularning gullari,
barglari, novdalari, qushlar, hayvonlarning tasvirlarini stiliza tsiya qilish orqali naqsh elementlari
hosil qilinadi.
Girih naqsh. To‘g‘ri chiziqli geometrik shakllar – uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak,
oltiburchak, sakkizburchak kabishakllardan tashkil topgan naqsh. Bu naqshlar ganchkorlikda,
yog‘och o‘ymakorligida ko‘p ishlatiladi. Murakkab naqsh. Islimiy va girih naqshlaridan aralash
tarzda tuzilgan naqsh murakkab naqsh deyiladi. To‘g‘ri to‘rtburchak naqsh yog‘och o‘yma kor
35
Do'stlaringiz bilan baham: |