48
yaratgan borliq farqlanadi. SHarqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda, «vujudi
vojib» va «vujudi mumkin»ning o‘zaro nisbatiga murojaat qiladi.
Uning fikricha, «vujudi vojib» barcha mavjud yoki paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalarning birinchi
sababi. Birinchi sabab sifatida u o‘zga turtkiga muhtoj emas. U mutlaq borliq va donishmandlik ifodasi.
«Vujudi mumkin» esa doimo o‘zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo‘lib, unda barcha narsalar oddiydan
murakkabga, tartibsizlikdan tartiblilikka qarab harakat qiladi. «vujudi vojib» yaratgan eng buyuk voqelikdan
biri inson aqlidir. U «Fuqarolik siyosati» asarida borliqni olti darajaga bo‘ladi:
1. Birinchi holatdagi sabab.
2. Ikkinchi holatdagi sabab.
3. Uchinchi holatdagi aqli faol.
4. To‘rtinchi holatdagi instinkt.
5. Beshinchi holatdagi shakl.
6. Oltinchi holatdagi materiya.
Forobiy bu darajalarning har biriga ta’rif beradi. Keyin u, «uchinchi aql» – aqli faolni ta’riflaydi. Unga
ko‘ra, aynan «aqli faol»ga ko‘ra, insonning tabiiy, ma’naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.Ibn Sino fikricha
ham borliqning asosi «vujudi vojib», ya’ni Allohdir.Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi
sababini boshqa narsalardan qidirish noo‘rin. Chunki, birinchi sabab uning natijasi bo‘lgan xilma-xil
jarayonlarning mohiyatiga bog‘liq bo‘la olmaydi. Zero, vujudi vojibning mavjudligi uning o‘ziga bog‘liq.
XVII–XVIII asrlarning materialist faylasuflari Golbax, Gelvetsiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq
bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan
va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan.Bundan borliqni «naturallashtirish»
g‘oyasi kelib chiqqan.Yangi davr va nemis klassik falsafasi davri «substansiya» (dunyoni tushunish
zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof
faoliyati» (Fixte), «ob’ektiv rivojlanuvchi g‘oya» (Gegel) kabi falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq
muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi. XX asr borliqni tushunishni tarixiylik,
insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog‘lab, uning talqinini o‘ta kengaytirdi. Neopozitivizm
falsafiy yo‘nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti deb hisoblab,
falsafadagi borliq muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |