Murakkab hukmlar.
Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq
bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning
tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning
quyidkgi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin:
birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda
sub’ekt rki predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning
tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud
bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor,
ma’rifatparvar ».
Do'stlaringiz bilan baham: |