Toshkent moliya instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi



Download 4,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/643
Sana01.01.2022
Hajmi4,93 Mb.
#302989
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   643
Bog'liq
Mantiq

 

 

 

134 



 

“Bizning  maqsadimiz  aqlni,  xatoga  yo‘l  qo‘yish  mumkin  bo‘lgan  barcha  xollarda,  to‘g‘ri  tafakkurga  etaklaydigan, 

uning  yordamida  har  safar  hulosa  chikarayotganda  adashishga  qarshi  ehtiyot  choralarni  ko‘radigan  san’atni-mantiq 

san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan munosabati grammatika san’ati qoidalarining 

tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga 

xizmat qilishi zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga yo‘l 

qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi” .  

Mantiq  ilmining  ta’lim  sohasidagi  vazifalari  ham  jiddiydir.  O‘quv  jarayonining  samaradorligi  ma’lum  bir  darajada 

ishlatiladigan  tushunchalarning,  terminlarning  aniq  bo‘lishiga,  muammolarning  mantiqan  to‘g‘ri  qo‘yilishi  va  hal 

qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga 

bog‘liq. 

    Fan  uchun  formal  mantiq  murakkab  muammolarni  echish  vositasini  beradi.  Bunday  vositalar,  odatda,  ilmiy 

nazariyaning  strukturasini  o‘rganishda,  unda  ishlatiladigan  formalizmning  mohiyatini  tushuntirib  berishda,  formal 

ziddiyatlar bo‘lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.  

 Zamonamiz  fanlarining  barchasiga  inson  qadr  –  qimmati,  uning  axloqi,  madaniyati  nuqtai  nazaridan  qarash  kerak. 

Mantiq  fani  ham  bundan  istisno  emas.  Inson  muammosining  xal  qilinishi,  uning  turmush  tarzi,  moddiy,  ma’naviy, 

axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga bog‘liq. 

Insoniylik  muammosini  hal  qilishda  mantiq  ilmi,  ma’naviy  madaniyatning  tarkibiy  qismi  sifatida,  alohida  ahamiyat 

kasb  etadi.  CHunonchi,  hozirgi  zamon  fanida  yuksak  kashfiyotlar,  ijtimoiy  hayotda  murakkab  munosabatlar  yuz 

bermoqda,  bularni  tahlil  qilish  uchun  esa  mantiqiy  fikrlash  madaniyati  kerak.  Fan  yordamida  inson  faoliyati 

rivojlandi, uning oyoq, qo‘li va boshqa organlarining o‘rnini bosadigan mashinalar paydo bo‘ldi. Mantiq ilmini tadbiq 

etish  natijasida  inson  intellektini  rejalashtiruvchi  «aqliy  mashina»  lar  vujudga  keldi,  binobarin,  sun’iy  aql  vujudga 

kelmoqda.  

Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina yaratishning chegarasi bormi?, Agar 

chegarasi bo‘lmasa, insonning o‘zi kelajakda qanday axvolga tushib qoladi ?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va 

ularga  javob  berishni  taqozo  etadi.  Bu  hozirgi  davrda  hal  qilinishi  zarur  bo‘lgan  dolzarb  muammolardan  biridir. 

SHuning uchun har qanday fan, shu jumladan mantiq ilmi, inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib 

saqlash va takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.  

 Mantiq fanining ilmiy ishonch – e’tiqodning shakllanishida tutgan o‘rni 

Faktlar  va  boshqa  dalillarga  tayanib  yuritiladigan  fikr  yuksak  ishontirish  kuchiga  ega  bo‘ladi,  kishilarda  ishonch-

e’tikodni  mustahkamlaydi.  Bilishning  maqsadi  ilmiy  asosga  ega  bo‘lgan  e’tiqodni  yaratishdan  iborat.  Ana  shuning 

uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-e’tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Argumentlash ishonch-

e’tiqodni shakllantirish vositasidir. Ishonch-e’tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Ishonch –e’tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan qarashlari va tasavvurlaridir. 

Vatanimizning  gullab-yashnashi,  barqaror  rivojlanishi  ma’lum  bir  darajada  yoshlarning  chuqur  bilimga,  mustahkam 

ishonch-e’tiqodga  va,  umuman,  komil  inson  bo‘lishlariga  bog‘liq.  Bu  haqda  O‘zbekiston  Respublikasi  birinchi 

Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay 

oladigan,  xulq-atvori  bilan  o‘zgalarga  ibrat  bo‘la  oladigan,  bilimli,  ma’rifatli  kishilarni  tushunamiz.  Ongli,  bilimli 

odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-

o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‘ladi».  

CHuqur  tahlilga,  mantiqqa  asoslanmagan  bir  yoqlama  fikr  odamlarni  chalg‘itadi.  Faqat  bahs-munozara,  tahlilga 

asoslangan to‘g‘ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‘l ochadi. 




 


Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   643




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish