13
yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini axloqiy me’yorlar tashkil
qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi.
SHunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‘z strukturasini aks ettiradi, falsafa esa
o‘z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, falsafaning
asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima, tafakkur nima degan savollarga
turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‘tishi bilan bu javoblar o‘z dalillar tizimi, metodologik tamoyillarini
shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi.
Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy
madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi tizimidan
iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning o‘ziga, borliqqa
munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy maqsadi ham inson
manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.Falsafa o‘z tadqiqot mavzusi sifatida insonning mohiyati,
jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarning asoslari va sabablari, borliq, materiya,
tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi. Falsafa qadim davrlardan boshlab kishilarning
aqliy salohiyati o‘sishida, nazariy tafakkuri qaror topishida, axloqiy kamolatida muhim rol o‘ynab kelgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017
— 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va
tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va
an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual
salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat
tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda falsafa fanining o‘rni beqiyos ahamiyatga
egadir. Yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga
sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining
ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |