Takliflar
1.
Fermer xo’jaliklarida faoliyat ko’rsatayotgan barcha ishchi va xizmatchilarda
sigirlarning sut mahsuldorligiga ta’sir etuvchi omillar haqida bilim va
ko’nikma hosil qilish.
2.
Xo’jaliklarda naslchilik ishlarini to’g’ri tashkil etish asosida, sigirlarning
nasl xususiyatini yaxshilash.
3.
Sigirlarning irsiy imkoniyatini yuzaga chiqarishini ta’minlash maqsadida
xujaliklarda mustahkam oziqa bazasini yaratish.
65
5. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI VA EKOLOGIK MASALALAR.
Prezidentimiz I.A.Karimov “O’zbekiston XXI-asr bo’sag’asida
xavfsizlikka tahdid barqarorlik sharoitlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida
ekologik muammolar to’g’risida shunday degan edi,
- Milliy xavfsizlikda qarshi yashirin maqsadlarni ko’rib chiqar ekanmiz,
ekologik xavfsizlik va atrof muhitni muhofoza qilish muammosi alohida
e’tiborga loyiqdir. Asrlar tutash kelgan holda butun insoniyat mamlakatimiz
aholisi juda katta ekologik muammoga duch keladi buni sezmaslik qo’l
qovushtirib o’tirish bilan barobardir.
Afsuski ko’plab muammolarga befarqlik va ma’sulyatsizlik bilan
munosabatda bo’lmoqdalar, ekologik xavfsizlik muammolari alla qachonlar
milliy va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatni umumiy
muammosiga aylangan. Inson tabiatni xo’jayini degan soxta sosialistik
mafkuraviy davo ayniqsa, markaziy osiyo mintaqasida ko’plab odamlar bir
qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeasiga aylangan.
Afsuski bu jarayon O’zbekistonni ham chetlab o’tmadi. Bu yerda
mutaxasislarni baholashda juda murakkab aytish mumkin. Bunday vaziyat
nimalardan iborat.
-
Birinchidan: yerning hosildorligi va uning sifati pastligi bilan bog’liq
nazoratning to’xtovsiz ortib borganligi.
-
Ikkinchidan: O’zbekistonning ekologik xavfsizligi nuqtai nazaridan qaraganda
suv zahiralari shu jumladan, yer osti va yer usti suvlarning kelishi
to’xtatiladi.
-
Uchinchidan : orol dengizining qurib borishi g’oyat keskin muammo. Orol
dengizi muammosi muammolarning uzoq o’tmishdan beri muammo bo’lib
kelmoqda.
Mutaxasislarning ma’lumotlariga qaraganda har yili respublikamiz
atmosfera havosiga 4 ming tonnaga yaqin zararli moddalar ko’tarilmoqda.
Hozirgi kunda respublikda istiqbolligi ya’ni atrof muhitni muhofoza qilish
66
tabiat qonuniyatlarini buzulishini aniqlab bo’lmas ekologik falokatlarga olib
keladi.
Beto’xtov davom etayotgan qurollanish poygasi qaysiki, atom kimyoviy
qirg’in qurollar va ommaviy qirg’in qurollarning va boshqa qurollarning ishlab
chiqarilish, saqlash va sinash insoniyat yashayotgan muhit uchun juda katta xavf
tug’diradi.
Tabiatni muhofaza qilish tabiatni insoniyat manfaatlarini ko’zlab saqlashga va
ongli ravishda o’zgartirishga, uning mahsuldorligini saqlab qolishga, hamda
resurslaridan tabiat qonuniyatlarini hisobga olgan holda oqilona foydalanishga
qaratilgan barcha tadbirlar tizimi. Tabiatni muhofaza qilish tizimiga davlatlar xalqaro va
jamiyat, ilmiy, texnik ishlab chiqarish, iqtisodiy, hamda ma’muriy tashkilotlar
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
O’zbekiston Respublikasi «tabiatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonuning 1-
moddasida qayd qilinganidek bu muhim xujjat asosida mamlakatning yer, suv, o’rmon,
yer osti boyliklari to’g’risidagi, atmosfera havosini,o’simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish, hamda ulardan foydalanishni yo’llari ko’rsatilgan. Ushbu qonunning
21-moddasi «Jonli tabiat obyektlaridan foydalanish shartlarida» tabiatdagi hayvonlar,
organizmlarning qayta tiklanish qobiliyatini saqlash, ularning xilma-xil turlarining
barqarorligini saqlash uchun atrof tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yo’l
qo’ymaslik sharti bilan foydalanish ta’kidlanadi.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalarini nazariy
jihatidan ishlab chiqilgan, lekin bu masalani ijobiy amalga oshirilishi katta mablag’
sarflashni talab etadi. Sanoatning rivojlanishi bilan atrof-muhitning ifloslanishi
kuchaydi. Sintetik materiallar, neft, gazni qayta ishlab mahsulot chiqarish avtomobil,
suv havo transportining rivojlanib ketishi atrof-muhitni juda ifloslanishiga olib keldi.
Ishlab chiqarishdan chiqindi sifatida chiqarish tashlanadigan, qishloq xo’jaligida o’g’it,
gerbisid, insektisid sifatida foydalaniladigan moddalar atrof-muhitni zararladi. Bugungi
kunda insoniyat dunyosida 80 dan ziyod kimyoviy elementlardan foydalanadi.
O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik jamiyat tabiat bilan to’g’ri
munosabatda bo’lish uchun asos yaratdi. Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan
67
tabiatni muhofaza etish davlat qo’mitasi «Ekosan» tabiatni muhofaza qilish xalqaro
tashkiloti bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. O’rmon xo’jaliklari ko’paytirilmoqda.
O’zbekistonda o’rmon bilan qoplangan maydon 8578,3 ming gektar bo’lib, shundan 3,3
ming gektari sug’oriladigan yerlardir.
Qishloq xo’jaligida zaxarli ximikatlarni ishlatish kamaytirilmoqda, ayrimlari
butunlay taqiqlangan (DDT), zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullaridan
foydalanilmoqda.
Tabiatni muhofaza qilishda alohida ajratib qo’yilgan daxalar muhim rol
o’ynaydi. Bunday joylarda tabiat majmuasi tabiiy holda saqlanadi, noyob o’simlik va
hayvonlar ko’paytiriladi (milliy bog’lar, qo’riqxonalar). Mamlakatimizda Davlat
sanitariya-ekologiya ekspertizasi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi va xuquqni
muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda hayvonot dunyosining tabiatni
ifloslanishiga qarshi choralarni oldini oladi. Zootexniya fanida o’rganilganidek
bo’rdoqilanayotgan hayvon bir kecha-kunduzda 15-20 kg go’ng ajratsa, jami 90-120
kun davomida barcha mollardan aratiladigan go’ngni saqlab, ferma atrofini
ifloslanishini oldini olish ferma uun muhim masala ekanini anglashimiz darkor. Ferma
atrofini ko’kalamlashtirilishi xodimlar uchun mehnat sharoitini yaratilishi hayvonlarni
turli xil kasalliklarga qarshi emlanishi ham uning yaratuvchisi insonning sog’ligini
asrashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, aholi o’rtasida ham tabiatni muhofaza qilish bo’yicha targ’ibot
ishlarini olib borishni yo’lga qo’yish masalalari ham inson va hayvon organiziga ijobiy
ta’sir ko’rsatishini inobatga olish zarur.
68
Do'stlaringiz bilan baham: |