Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi:
mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish;
sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda
sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini
nazorat qilish;
sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini
(markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish;
sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish.
Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi
mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni
sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |