Birlamchi etalon
– birlikni mamlakatda (shu birlikni boshqa etalonlariga
nisbatan) eng yuqori aniqlik bilan qayta tiklanishini ta’minlaydigan etalon.
Maxsus etalon
– birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini
ta’minlaydigan va bu sharoitlar uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan
etalon.
Davlat etaloni
– davlat hududida ushbu kattalikning boshqa barcha etalonlari
bilan qayta tiklanadigan, birliklarning o‘lchamlarini aniqlash uchun asos sifatida
xizmat qilishi vakolatli davlat idorasining qarori bilan tan olingan etalon.
Do'stlaringiz bilan baham: |