40
А.Й.Сухарева, В.Д.Зоркина, В.Е.Крутских. –Москва, 1999. –623-624-б.). Shuningdek,
mamlakatimizda 1998 yilda chop etilgan ilmiy-ommabop lug’atda Davlat ramzlari – davlat
mustaqilligini shartli ravishda belgilovchi tashqi belgi, nishona yoki timsollardir, bular muayyan
davlatning bayrog’i, gerbi, milliy valyutasi va madhiyasi. Ular mazkur davlatning tuzumini,
xalqning tabiat-mentalitetini, iqtisodiy asoslarini va boshqa muhim belgilarini anglatadi, - deb
ta‘riflanadi (Qarang: Davlat ramzlari // Mustaqillik ilmiy-ommabop lug’at. –T.: 1998. – 45 b.).
Har qanday mustaqil davlat singari O’zbekiston Respublikasi ham o’z oliy davlat hokimiyati
tomonidan belgilangan va Asosiy Qonun – Konstitutsiyaning 5-moddasida mustahkamlangan
davlat ramzlari – Bayrog’i, Gerbi va Madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining mavjudligi
O’zbekistonning amalda mustaqilligini yaqqol tasdiqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasining ishlab chiqilishi va qabul
qilinishi jarayoni ikki yarim yil davom etdi. Davlat bayrog’i, gerbi va madhiyasini qabul qilish
yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tomonidan tayyorlangan loyihalar umumxalq
muhokamasidan o’tkazildi. Bunda, ayniqsa, Prezident I.A.Karimovning umumxalq muhokamasi
davomida tushgan takliflarni umumlashtirib, davlat bayrog’idagi uchta asosiy ranglarni – moviy,
oq va yashil yo’llarni o’z qo’li bilan chizib komissiyaga taqdim etganligini va bu O’zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog’ining qabul qilinishida asos bo’lganligini ta‘kidlash joiz.
O’zbekistonning davlat ramzlari muqaddas bo’lib, ularni hurmat qilish, qonunda belgilangan
tartibda e‘zozlash hamda ulardan faxrlanish mamlakatimiz har bir fuqarosining insoniy va
fuqarolik burchidir. Zero, davlat ramzlarini har qanday yo’l bilan kamsitish, tahqirlash, qadr-
qimmatini pastga urish uchun qonunda tegishlicha javobgarliklar nazarda tutilgan.
Davlat ramzlarining davlat hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini to’laroq tushunib olish
uchun, avvalo, ularning mohiyatini, nima uchun zarurligini bilib olish kerak. Davlat ramzlari
orasida Davlat bayrog’i salmoqli o’rin tutadi. Chunki u ko’zga yaqqol tashlanib, boshqa
ramzlardan hajmi, tasviri, keng foydalanilishi va boshqa jihatlari bilan alohida ajralib turadi.
Davlat bayrog’i – tasviri qonun tomonidan (ko’pincha Konstitutsiya bilan) o’rnatiladigan, biror
davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishoni. U davlat mustaqilligi, suvereniteti
ramzi hisoblanadi. Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o’zboshimchalik
bilan, ixtiyoriy sur‘atda belgilanmaydi. Ular qonun bilan belgilanadi va ma‘lum ramziy
ahamiyatga ega bo’ladi.
Davlat bayrog’i, odatda, har qanday suveren mamlakatning davlat muassasalari,
elchixonalari, konsulliklari,
missiyalari, bojxonalari va shu kabi idoralarning binosida ko’tariladi.
Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o’z davlatining bayrog’ini osib
qo’yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek, xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-
uchrashuvlar vaqtida, xalqaro sport sovrinlari berilayotgan vaqtda va hokazo holatlarda ham
ko’tariladi.
Davlatimiz bayrog’i muqaddas va daxlsizdir, u davlatimiz mustaqilligining ramziy
belgisidir. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i 1991 yil 18 noyabrda Oliy
Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Ushbu qonunga 1992, 1999, 2004
va 2010 yillarda qator qo’shimcha va o’zgartishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud
bo’lgan g’oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo’lgan eng yaxshi an‘analarni davom ettirgan
holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o’zligini ham aks
ettiradi.
Bayroqdagi
Do'stlaringiz bilan baham: