7
fazilatlarga ega bo’lishlariga bog’liq. Bu fazilatlarni xalq, yurt kelajagi – yoshlar ongida
shakllantirish
ushbu fanning vazifasi
hisoblanadi.
Shu jihatdan O’zbekistonning eng yangi tarixi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
– Ajdodlar hayoti bilan bog’liq holda sodir bo’lgan voqealar rivojining mazmun-mohiyatini,
sabab va oqibatlarini, asrlar davomida to’plangan amaliy tajriba va saboqlardan xulosa chiqarish;
– xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy,
demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik-fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor
iqtisodiyotiga o’tish, jahon hamjamiyatiga qo’shilish va o’z o’rnini topish borasidagi faoliyatini
xolisona yoritish.
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy,
ma‘naviy saboqlar majmuasidir. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog’liq holda
o’rganiladi. Insoniyat hayotining ma‘no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida
politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va
milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o’zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari
yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar
eng yangi tarix falsafasini chuqur anglab yetishga ko’maklashadi.
XXI globallashuv asrida ta‘lim sohasida O’zbekistonning eng yangi tarixi fanini o’qitish
zamirida mamlakatning intellektual va ma‘naviy boyligi bo’lgan yoshlar salohiyatni
yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi omili yotadi. Globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni
iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko’paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib
borayotganligi, yoshlarning yuksak ma‘naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin
va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o’zligini
anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish imkonini beradi.
Mazkur fanning o’qitilishi jarayonida talaba fan bo’yicha mustaqillikka erishish arafasida
O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik
yillaridagi o’zgarishlarni, O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda
O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o’rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi;
O’zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o’rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy
mustaqillik g’oyasini qo’llay bilish, atrofida sodir bo’layotgan jarayonlarga o’z munosabatini bildira
olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o’rnini anglash va bugungi kunda sodir
bo’layotgan voqealarning tarixdagi muhim
voqealar bilan bog’liqligini bilish ko’nikmalariga ega bo’ladi.
Shuningdek, O’zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma‘naviy-milliy va
umuminsoniy masalalar bo’yicha o’z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy
mustaqillik g’oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo’ladi. Bu
o’z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo’lib yetishishlarida muhim
ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O’zbekiston tarixi fanining mantiqiy davomi bo’lgan
O’zbekistonning eng yangi tarixi fani bo’yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon
bo’ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, o’z ona yurti bilan g’ururlanadigan
inson qilib tarbiyalashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: