Politexnika instituti


“Biz iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

“Biz iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar,
 
shuningdek doimiy siyosiy muloqotga keng 
imkoniyatlar  ochadigan  Yevropa  Ittifoqi  bilan  Sheriklik  va  hamkorlik  bitimining  amalga 
oshirilishiga juda katta e’tibor beramiz”

O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi kuchga kirgan sherklik va hamkorlik 
bitimi  o’zining  asosiy  maqsadi  sifatida  O’zbekiston  Respublikasi  mustaqilligi  va  suverenitetini 
qo’llab-quvvatlashni;  O’Rning  demokratiyani  mustahkamlash,  iqtisodiyot  va  bozor  iqtisodiyotiga 
o’tishdagi  yutuqlarini  rivojlantirish  bo’yicha  harakatlarini  qo’llash;  tomonlar  o’rtasidagi  siyosiy 
muloqotlar uchun tegishli ramkalarni ta‘minlash; tomonlar o’rtasidagi savdo, investitsiyalar va uyg’un 
iqtisodiy  munosabatlarga  ko’maklashish  va  bu  bilan  mamlakatning  barqaror  iqtisodiy  taraqqiyotini 
qo’llash;  qonunchilik,  iqtisodiyot,  ijtimoiy,  moliyaviy,  fuqarolik,  ilmiy,  texnologik  va  madaniy 
sohalardagi  hamkorlikning  asoslarini  yaratish;  O’zbekistonda  qonun  ustuvorligiga  asoslangan 
fuqarolik jamiyati qurishga ko’maklashishni biladi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  xukumati,  mazkur  hujjatning  respublika  uchun  muhimligini 
hisobga  olgan  holda,  1999  yilning  3  sentabrida  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumatining 
O’zbekiston  Respublikasi  va  Yevropa  Ittifoqi  o’rtasidagi  Sheriklik  va  hamkorlik  to’g’risidagi 
bitimni amalga oshirish bo’yicha kompleks dasturi to’g’risida qarorini qabul qildi. Ushbu hujjatga 
binoan Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimni amalga oshirish bo’yicha asosiy yo’nalishlar, 
mas‘ul idoralar va tegishli vazifalarni bajarishning aniq muddatlari belgilandi.
 
O’z  navbatida  Yevropa  Ittifoqi  tomonidan,  Bitimga  muvofiq,  Sheriklik  va  hamkorlik 
to’g’risidagi  bitim  moddalarining  ijrosi  yuzasidan  kuzatuv  idorasi  sifatida  Hamkorlik  kengashi 
tuzildi.  U  O’zbekiston  Respublikasi  Hukumati  a‘zolari,  YEI  Kengashi  a‘zolari  va  YEI 
Komisssiyasi  a‘zolaridan  iborat  bo’ldi.  Hamkorlik  kengashi  o’z  majlislarida  hamkorlikning 


229 
siyosiy,  savdo-iqtisodiy  va  gumanitar  sohalardagi  asosiy  yo’nalishlarini  belgilaydi,  xalqaro 
maydondagi vaziyat va ikki tomonni qiziqtirgan boshqa masalalar to’g’risida fikr almashadilar.
 
Hamkorlik  kengashiga  o’z  vazifalarini  bajarishda  ko’maklashish  uchun  O’zbekiston 
Respublikasi hukumati vakillaridan, YEI Kengashi va YEIK a‘zolarining katta mansabdor shaxs 
darajasidagi vakillaridan iborat Hamkorlik qo’mitasi tashkil etilgan.
 
Sheriklik  va  hamkorlik  to’g’risidagi  bitim  qoidasiga  binoan,  shuningdek  Parlament 
hamkorligi qo’mitasi ham ta‘sis etilgan bo’lib, u O’zbekiston Respublikasi Parlamenti va Yevropa 
parlamenti a‘zolarining uchrashuv va fikr almashishlari uchun forum hisoblanadi. Ular uchrashuv 
davomida O’zbekiston va Yevropa parlamentlari o’rtasidagi hamkorlikning ahvoli va istiqbolini 
qonunchilik,  qonunchilikning  moslashuvi,  parlamentarizm  tajribasi  va  fuqarolik  jamiyatini 
shakllantirish kabi yo’nalishlar bo’yicha muhokama qiladilar.
 
Undan tashqari, Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim qoidalari asosida turli masalalarni 
muhokama qilish uchun eksport darajasida iqtisodiy hamkorlik qilish bo’yicha O’zbekiston-YEI 
savdo va investitsiyalar bo’yicha quyi qo’mitasi ham tuzilgan.
 
Shunday qilib, Sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitimning to’liq kuchga kirishi asosida 
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida idoraviy tuzilma shaklantirilib, u o’ziga 
hamkorlik bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarning amalga oshirilishiga rioya qilish bo’yicha 
mas‘uliyatni olgan.
 
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish