Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Topografik kartalarda o‘simlik, grunt qoplami tuproq va qishloq xo‘jaligida



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Topografik kartalarda o‘simlik, grunt qoplami tuproq va qishloq xo‘jaligida 
foydalaniladigan yerlarning tasvirlanishi. 
 
Topografik  kartalarda  o‘simlik  va  grunt  tuproq  qoplami  tasvirlashga  katta 
e’tibor beriladi.  
 
Topografik kartalarda o‘simlik dunyosi quyidagilarga bo‘linib ko‘rsatiladi. 
O‘rmonzorlar,  ekinzorlar,  o‘tloq  va  pichanzorlar  va  madaniy  o‘simliklar. 
O‘rmonzorlarni  chegarasi  nuqtalar  belgilanib  o‘sha  bilan  o‘rmonzorni  80  foiz 
tashkil  qilgan  o‘rmon  tipini  shartli  belgisi  qo‘yilib,  unga  qo‘shimcha  qilib 
daraxtlarni  o‘rtacha  balandligi  (kasrning  suratida),  yo‘g‘onligi  (maxrajida)va 
daraxtlarni  oralig‘i  ham  ko‘rsatiladi.  Masalan  20/05  -5  yosh  o‘rmonzorlar  ham 
maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.  
 
Qishloq  xo‘jaligida  foydalaniladigan  yerlar,  tokzorlar  va  boshqa 
plantatsiyalar ham tasvirlanadi. Masalan, tamaki, sholi choy va boshqalar.  
 
Tuproq  –  grunt  qoplamida  qum,  toshloq  yerlar,  sho‘rxok  yerlar, 
botqoqliklar (o‘tib bo‘ladigan, o‘tishi bo‘lgan va o‘tib bo‘lmaydigan) ko‘rsatiladi. 
Undan  tashqari,  botqoqliklarda  o‘sadigan  o‘simlikka  qarab  qamishli,  shoxli  va 
boshqa botqoqliklarga bo‘linadi.  
 
Aholi  yashaydigan  joylarni  tasvirlash.  Aholi  yashaydigan  joylarni  tipiga, 
aholi  soniga  va  siyosiy-ma’muriy  ahamiyatiga  ko‘ra  bir  necha  toifalarga  bo‘lib 
tasvirlanadi.  Aholi  yashaydigan  joylarni  tipi  bo‘yicha  shaharlar,  shahar  tipidagi 
posyolkalar, qishloq tipidagi posyolkalar qishloq ovul, kabilarga bo‘linadi.  
 
Siyosiy-ma’muriy  jihatdan  esa  davlat  poytaxti,  resupublikalar,  viloyatlar, 
milliy  okrug,  tumanlar  va  kengash  qishloqlarining  markazlariga  bo‘linadi. 
Topokartalarda aholi yashaydigan joylarni tipi, ma’muriy ahamiyati va aholining 
soni qarab ularni nomlarini yozuvi ham har xil bo‘ladi.  
 
Aholi  yashaydigan  joylardagi  kvartalar,  binolarining  qanday  materialdan 
qurilganligiga qarab turli xil rang bilan ko‘rsatiladi. Masalan, yong‘inga chidamli 
(tosh,  shlak,  g‘ishtdan  qilingan  binolar)  olov  rangda  yong‘inga  chidamsizlar 
(yog‘och,  taxta,  xom  g‘ishtdan  qilinganlar  binolar)  och  sariq  bilan  bo‘yab 
ko‘rsatiladi.  
 
Undan  tashqari  orentir  bo‘lib  hisoblangan  saroylar  machitlar,  xaykallar, 
cherkovlar, harobalar, maxsus shartli belgilar bilan ko‘rsatiladi.  
 
Topokartalarda  to‘siqlar  ham  to‘liq  ko‘rsatiladi.  Masalan,  devorlar, 
(loydan,  pishiq  g‘ishdan,  yog‘och  taxtadan,  temir  yoki  tikanli  simdan  qilganda, 
to‘siqlar va x.k). 
Aloqa  yo‘llarini  tasvirlanishi.  Yo‘llar  va  aholi  yashaydigan  joylar 
topografik  kartada  siyrak  yoki  aholi  joylashganligi,  shu  hududni  xo‘jalik  qay 
darajada o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi. Aloqa yo‘llarini mamlakat mudofaasidagi 
ahamiyati  ayniqsa  kattadir.  Shuning  uchun  topokartada  aloqa  yo‘llar  imkon 
boricha to‘liq ko‘rsatiladi.  


 
Topokartalarda  barcha  temir  yo‘llar  keng  tor  izli,  bir  izli  va  uch  izli  temir 
yo‘llarga,  elektrlashtirilgan  qurilayotgan,  buzilgan  loyixalashtirilayotgan  temir 
yo‘llarga bo‘linadi. Tramvay yo‘llar, metro, funuklar (osma yo‘llar) tunellar ham 
ko‘rsatiladi.  
 
Avtomobil  va  ot-arava  qatnaydigan  yo‘llar  to‘shalmasi  va  ahamiyatiga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi.  
1.
 
Avtoyo‘llar  (kartada  to‘q  sariq  bilan  bo‘yalib  kengligi  va  to‘shami 
yoziladi) 
2.
 
Yaxshilangan shosse 
3.
 
Shosse 
4.
 
Tekislangan tuproq yo‘llar 
5.
 
Dala va o‘rmon yo‘llari 
6.
 
Qishqi so‘qmoq yo‘llar 
Tog‘li  rayonlardagi  dovonlari  kam  ko‘rsatilib  yilni  qaysi  vaqtida 
foydalanishligi yozib qo‘yiladi.  
 
Undan tashqari topokartalarda kechuvchilar, ko‘priklar, paromlar, kilometr 
ko‘rsatkichlari ham ko‘rsatiladi. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish