Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

 
legendasi va komponovkasi; 

 
karta to`g`risidagi umumiy xulosa va fikrlar. 
Kartografik  tadqiqot  usuli  to`g`risida  gap  ketganda  deb  yozadi  prof. 
A.M.Berlyant  –  kartada  tasvirlangan  voqea  va  jarayonlarni  tushuntirish  uchun, 
kartadan  foydalanish  uslubini  bilish  zarurligini  tushunish  kerak.  Olimning 
ta’kidlashicha, kartani bilish kartadagi voqea va jarayonlar  to`g`risida  miqdor  va 
sifat  ko`rsatkichlarni,  geosistemalar  orasidagi  o`zaro  bog`liqlik  va  o`zaro 
munosabatlarni,  ularni  vaqt  o`tishi  bilan  o`zgarishi  natijasida  vujudga  kelgan  va 
vujudga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarni tushuna bilish demakdir.  
So`nggi  yillarda  kartografiyada  yangi  soha  –  modellashtirish  usulidan 
foydalanilmoqda. Modellashtirish shunday uslubki, unda o`rganilayotgan ob’yekt 
(voqea  va  jarayonlar)  boshqa  bir  yordamchi  ob’yekt  orqali  o`rganilib,  uni 
o`rganish uslubiga to`g`ri kelishi kerak. 
Model  tadqiqotni  osonlashtiradi  va  soddalashtirib  beradi,  ko`rgazmali 
qilishga  imkon  yaratadi,  model  yordamida  modellashtirilayotgan  voqea  va 
jarayonlar  to`g`risida  yangi  ma’lumotlar  olish  imkoniyati  tug`iladi. 
Modellashtirish  tadqiqotchiga  yangi  fikrlar  yaratishga  yordam  beradi  va  o`z 
imkoniyatlarini sinab ko`rishga yordamlashadi. 
Kartografik  modellashtirish  deganda  geografik  voqea  va  jarayonlardan 
foydalanish  asosida  yangi  bilim  olish  va  ulardan  foydalanish  uchun  kartografik 
asarlar  yaratish  va  tahlil  qilish  natijasida  yangilarini  yaratish  usulini  tushunish 
kerak.  Geografik  modellarga  ma’lum  bir  joyning  matn  yordamida  tasvirlab 
yozilishi (yozma modeli), har xil kartalar, aerosuratlar, kosmik suratlar, jadvallar, 
profillar,  diagrammalar,  blokdiagrammalar,  har  xil  matematik  formulalarni 
kiritish mumkin. Ba’zan rel’yeflarning tabiiy ko`rinishini tasviri ham model deb 
yuritiladi. 
Geografiyada  ishlatiladigan  modellar  ichida  karta  asosiy  va  an’anaviy 
model hisoblanadi. Karta ma’lum bir matematik qonunlar asosida tuziladi, ya’ni 
Yer  shari  dumaloq  bo`lishiga  qaramay  u  maxsus  usul  –  proyeksiya  asosida 
modellashtirilib, tekislikka yoyilib, karta sifatida beriladi. 


Kartalarni  ilmiy  jihatdan  tahlil  qilish,  voqea  va  jarayonlarni  kartadan  o`qib 
o`rganish  kartografik  tadqiqot  uslubi  deb  yuritiladi.  Kartalar  geografik 
tadqiqotlarni  olib  borishda  asosiy  vosita  (qurol)  ekan,  geograflar  kartografik 
tadqiqot usulini ham bilishi kerak. 
Kartografik tadqiqot usulida quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi: 
1.
 
Kartani o`qib o`rganish; 
2.
 
Kartani kartometrik yo`llar bilan tahlil qilish; 
3.
 
Grafik usul; 
4.
 
Matematik-statistik tahlil qilish usuli va boshqalar. 
Kartani  o`qib  tahlil  qilish  usuli  eng  ko`p  qo`llaniladigan  usul  bo`lib, 
kartografik tasvirga asoslanadi, legenda asosida bajariladi.Kartometrik usulda esa 
kartada o`lchash yo`llari bilan nuqtalarning koordinatalarini aniqlash, masofalarni 
hisoblash,  balandliklar,  maydonlar,  hajmlar,  burchaklar  va  boshqa  miqdor 
ko`rsatkichlarni hisoblash yo`li bilan tahlil qilinadi. 
Grafik  usulda  kartada  profil,  kesmalar,  blokdiagrammalar,  har  xil 
diagrammalar  va  chizmalardan  foydalaniladi.  Masalan,  profil  va  kesmalar 
yordamida  ob’ektlarni  vertikal  strukturasini,  blokdiagramma  bilan  o`lchash 
(qalinligi,  bo`yi  va  eni)  yordamida  hajmi  aniqlanadi.  Natijada,  Yer  yuzasi  bilan 
geologik struktura orasida bog`liqlikni bilish mumkin. 
Matematik-statistik  tahlil  qilish  usuli  yangi  qo`llanilayotgan  usul  bo`lib, 
elektron  hisoblash  texnikasiga  asoslanadi  (masalan,  yalpi  hosil,  hosildorlik  va 
hokazolar).  Bu  usulni  qo`llashda  izoliniya  usuli  qo`l  keladi.  Chunki,  bunda 
kartadagi  har  qanday  nuqtada  tasvirlangan  voqea  qiymatini  aniqlasa  bo`ladi. 
Statistik ko`rsatkichlar yordamida bu usul bilan hududlar rayonlashtiriladi. 
 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish