Navoiy davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti geografiya o


Kartografik bibliografiya turlari



Download 8,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/199
Sana01.01.2022
Hajmi8,48 Mb.
#299601
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   199
Bog'liq
topografiya va kartografiya asoslari

Kartografik bibliografiya turlari
 
Karta  va  atlaslarni  bibliografik  jihatdan  o`rganishda  har  xil  usullardan 
foydalaniladi. 
1.  Atlaslarni  ro`yxatga  olish  (registratsiya)  odatda  kitoblarni  ro`yxatga 
olishga o`xshab uning muallifi, kitobni nomi, nashr qilingan vaqti va joyi hamda 
varaqlar  soni  yoziladi.  Atlaslar  deyarli  shunday  ro`yxatga  olinadi.  Kartada  esa, 
boshqacharoq,  chunki,  ba’zan  karta  tuzishda  bir  necha  mualliflar  qatnashadi, 
ba’zan esa karta muallifsiz bo`lishi ham mumkin (masalan, siyosiy-ma’muriy va 
tabiiy  kartalar).  Bunday  vaqtda  dastlab  kartaning  nomi,  hududi,  mavzui,  kimlar 
uchun mo`ljallanganligi va masshtabi beriladi. 


2.  Annotatsiya  shaklida  ham  yozilib,  karta  tyg`risida  ma’lum  darajada 
ma’lumot  beriladi.  Bunday  shaklda  berilishi  kartani  tanlab  olishda  va  qisman 
bo`lsa-da mazmun bilan tanishish imkoniyatini beradi. 
3.  Tanqidiy  shaklda  yoziladi.  Bu  shaklda  berishdan  maqsad,  kartaning 
ilmiy  va  ma’naviy  mohiyati  ochib  berilib,  mazmuni  aniqlanib  foydalanish 
imkoniyati oshadi. 
4. 
Tavsiyaviy 
shaklda 
beriladi. 
Bunda 
karta 
kimlar 
uchun 
mo`ljallanganligi,  foydalanuvchilarning  turlari  (o`quvchilar  uchun  yoki  turistlar 
uchun, avtomobil haydovchilar uchun va h.z.lar) ko`rsatiladi. 
Bibiliografiya  tuzishda  karta  tasvirlangan  hududda  (dunyo,  materik  yoki 
davlat) mavzui hamda bibliografik doimiyligi ham hisobga olinadi. 
Kartografiya  fanini  rivojlanishi  bilan  bir  qatorda  kartografik  adabiyotlarni 
ham nashr qilish kengayib bormoqda. 
Sobiq Ittifoq davrida oylik geografiya bo`yicha referativ jurnal chop etilib, 
unda  maxsus  “Kartografiyaga”  ajratilgan  bo`limi  mavjud  bo`lib,  oyiga  150-200 
tagacha  kartografiyaga  tegishli  maqola  va  kitoblar  to`g`risida  ma’lumot  berilar 
edi.  1964  yildan  boshlab  har  2  yilda  “Kartografiya”  bo`yicha  fan  va  texnika 
jamlamasi (itogi) chop etilib, 15 dan ortiq kitob shaklida bosilib chiqqan.   
Chet  elda  chop  etilayotgan  kartografik  adabiyotlar  to`g`risida  har  oyda 
chop  etiladigan  “Kartografik  bibliografiya”  jurnali  orqali  ma’lumot  olish 
mumkin.  Yirik  mamlakatlar  o`zlarining  maxsus  karta  saqlagich  (kartoxranilisha) 
lariga  ega  bo`lib  keng  ammo  uchun  mo`ljallangan.  Masalan,  AQSh  ning 
Kongress  bibliotekasida  3.5  mln.  karta  va  35  mingdan  ko`p  atlas  saqlanadi. 
Parijdagi  Milliy  bibliotekada  2  mln.  dan  ortiq  karta  va  atlaslar  saqlanmoqda. 
Rossiyaning Moskvadagi va Sank-Peterburgdagi M.Ye.Saltikov-Shchedrin nomli 
bibliotekasida 300 mingdan ortiq karta va atlaslar mavjud. 
O`zbekiston  Respublikasida  kartografik  adabiyotlar,  karta  va  atlaslar 
O`zFA  ning  asosiy  bibliotekasida  Respublika  davlat  bibliotekasida  va  Mirzo 
Ulug`bek  nomidagi  O`zbekiston  Milliy  universitetining  asosiy  bibliotekasida 
saqlanmoqda.  2000  yildan  boshlab  O`zgeodezkadastr  tomonidan  “Geodeziya  va 
kartografiya” jurnali chop etilmoqda. Kartografiyaga tegishli maqola  va kitoblar 
O`zbekiston Geografiya jamiyatining “Axborotnomasi”da ham nashr etilmoqda. 
Kartografiya o`z mahsuloti bilan turli sohalarni ta’minlab turadi. Shu bilan 
bir qatorda kartografik asarlar yaratishda ham turli xil manbalardan foydalaniladi. 
Bular quyidagilar: 
- astronomiya
 
va geodezik ma’lumotlar; 
- umumgeografik kartalar (topografik kartalar); 
- mavzuli kartalar; 
- kadastrga tegishli karta va planlar; 
- aero va kosmik suratlar. 
- gidrometeorologik manbalar. 
- ekologik ma’lumotlar; 
- iqtisodiy-statistik ma’lumotlar; 
- geografik va boshqa adabiyotlar; 
- eskirib qolgan kartografik ma’lumotlar. 


Kartografik  asarlarning  mavzui  va  maqsadiga  ko`ra  manbalar  ham 
bo`linishi  mumkin:  asosiy,  qo`shimcha va  yordamchi.  Masalan,  qishlok,  xo`jalik 
kartalari uchun statistik ma’lumotlar kerak bo`lsa, tuproq kartalari uchun dalada 
bevosita  s’yomka  yo`li  bilan  olingan  kartalardan  foydalaniladi.  Ba’zi  kartalar 
uchun  kosmik  suratlardan  foydalaniladi.  Masalan,  Orol  dengizi  to`g`risidagi 
ma’lumot kosmik suratlardan foydalaniladi. 
Manbalar  ham  vaqtiga  qarab,  yangi  va  eskirib  qolgan  ma’lumotlarga 
bo`linishi  mumkin.  Ba’zi  kartalar  tuzishda  eskirgan  ma’lumotlar  zarur  bo`lib 
qoladi,  ba’zida  esa  yangi  ma’lumot  talab  qilinadi.  Masalan,  O`zbekistonning 
iqtisodiy kartasini tuzishda eng yangi manbalardan foydalanilsa, tarixiy kartalarda 
eskirgan ma’lumotlardan foydalaniladi. 
Kartografik  manbalar  foydalanishiga  ko`ra  birlamchi  va  ikkilamchi 
bo`lishi  mumkin.  Masalan,  O`zbekiston  aholi  kartasini  tuzish  uchun  birlamchi 
manbadan  foydalaniladi.  Aholini  ba’zi  ijtimoiy  ko`rsatkichlarini  tasvirlashda 
birlamchi manbani qayta ishlash natijalaridan foydalaniladi. 
Karta  yaratishda  ba’zan  matnlardan  ham  foydalanishga  to`g`ri  keladi. 
Bular ko`proq geografik ekspeditsiya manbalari hamda nazorat manbalardir. 
Manbalardan  foydalanishda  ularni  tahlil  qilinib  baholanadi.  Ayniqsa  bu 
kartografik  manbalarga  tegishlidir.  Ulardan  foydalanishda  masshtabiga, 
proyetsiyasiga,  kartalarni  aniqligiga,  to`g`riligiga,  ilmiyligiga  zamonaviyligiga, 
geometrik  jihatdan  aniqligiga,  jihozlanishiga  va  nashr  qilish  usuliga  e’tibor 
berilishi kerak. 
Kartografik  asarlarni  tahlil  va  baholashda  tuzilayotgan  kartaning 
maqsadiga, foydalanishiga va ishlatish sohasiga qarash kerak. O`quv kartasi bilan 
maxsus  kartani  tuzishda  foydalanadigan  manbalar  bir  xil  bo`lmasligi  kerak. 
Shuning  uchun  ham  bu  sohada  kartograf  soha  mutaxassislari  bilan  birgalikda 
ishlash maqsadga muvofiq bo`ladi. 

Download 8,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish