Maydonli shartli belgilar
bilan xarita masshtabida konturini saqlab qolish
mumkin bo`lgan ob'ektlar tasvirlanadi. Masalan, o`rmon, botqoqlik, o`tloq, bog`,
poliz, ko`l va boshqalar maydonli shartli belgilar bilan ko`rsatiladi. Ob'ektlarni
tashqi ko`rinishi (qiyofasi) saqlanadi. Ularni konturlari turli rangga bo`yaladi yoki
boshqa maydonli grafik vositalar bilan to`ldiriladi. Botqoq va sho`rxok yerlarning
konturlari ichiga turli xil shtrixlar chiziladi. Avval bu belgilar uchun “konturli
belgilar” yoki “masshtabli belgilar” terminlari qo`llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |