3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI:
G‘ARB
FALSAFASI
37
kashf etib, Demokrit ilgari surgan atomchilik ta’limotiga ulkan hissa qo‘shgan. Epikurning
falsafiy-axloqiy ta’limoti o‘z zamonasida ilg‘or ahamiyatga ega bo‘lgan. Rohatfarog‘at,
xursandchilik deganda, kayf-safo, maishat, shohona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda
ruhiy tashvishlardan xalos bo‘lishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat
kishilarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv g‘oyasi
keyinchalik XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom
ettirilgan.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (yeramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U
«Narsalarning tabiati to‘g‘risida» nomli asari bilan mashhur bo‘lgan. YAshashdan maqsad, deb
yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o‘z
qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy
qarashlari o‘z davri va o‘rta asr falsafasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, shaklini
o‘zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga
bo‘linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o‘tgan. Bular — narsaning og‘irlikka
ega bo‘lgani uchun to‘g‘ri chiziqli harakati, narsaning o‘zicha og‘ish harakati, narsaga turtki
bo‘lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo‘lsa-da,
tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko‘rsatgan.
Biz xorijiy Sharq va antik dunyo falsafasi haqida juda qisqa ma’lumot byerdik. Ularga
mansub ayrim oqim va mashhur faylasuflar ta’limoti to‘g‘risida nihoyatda muxtasar fikr yuritdik.
Aslida bu mavzular o‘ta keng qamrovli bo‘lib, ularning mohiyatiga etib borish uchun ko‘p va xo‘b
o‘qib-o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Ishonchimiz komilki, siz, aziz talabalar ularni mustaqil o‘qib-
o‘rganish jarayonida to‘liq o‘zlashtirib olasiz. Yevropada Qadimgi Yunon va Rimdan o‘rta asrlar
falsafasigacha, ya’ni miloddan ilgarigi 1 asrdan milodning X1V asrigacha, bir yarim ming yil
davomida bir qancha oqimlar paydo bo‘ldi va amal qildi. Bu davr falsafasida ikki xil jarayonni
ko‘rish mumkin: 1. Xiristianlikning shakllanib davlat dini va mafkurasiga aylanishi; 2. O‘rta
asrlarga kelib inkvizitsiyaning ustivor yo‘nalishga aylanishi. Gnostika, apologetika, patristika,
realizm, nominalizm va boshqa oqimlar o‘sha davr falsafasining qiyofasini belgilaydi.
Gnostiklar. Bu davr falsafasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan gnostitsizm eramizning 150 yillarida
o‘zining yuksak ravnaqiga yerishadi. Ular shunday falsafiy ta’limot yaratdilarki, ularning fikricha
Xudo ruh sifatida yovuzlikda mutlaqo sof, inson esa o‘z tabiatinnig ruhiy jihati bilan xudoga
moslashgan. Bu masalada gnostitsizm faylasuflari xristianlikni yunon falsafasi bilan
birlashtirishga harakat qildilar. Agar bu urinishda gnostitsizm g‘alaba qilsa, xristianlik qadimgi
dunyoning navbatdagi falsafiy dini bo‘lib qolar edi va shunday bo‘ldi ham. 354 yilda Pompey
sobori xristianlikni Rim impyeriyasining asosiy dini deb e’lon qildi.
Dualizm — gnostitsizmning asosiy yo‘nalishi, bu oqim tarafdorlari moddiy va ruhiy dunyo
o‘rtasida mustahkam chegara mavjud deb ta’kidlaydilar. Ular ta’limotida matyeriya hamma vaqt
yovuzlik timsolidir. Bundan ular xudo hech mahal moddiy dunyoni yaratishi mumkin emas, deb
hisoblaydilar. Gnostiklar tomonidan e’lon qilingan darveshlik (asketizm) o‘rta asrlarda
monaxchilikning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Apologetlar xristianlik tarixida 1 va III asrlarda
vujudga keldi.
«Patristika»- so‘zi «ota» («padre») so‘zidan kelib chiqqan. Bu nom bilan odatda G’arbda
episkoplarni ularga hurmat sifatida ataganlar. Sharqda mashhur bo‘lgan chyerkov otalaridan biri
Ioan
Do'stlaringiz bilan baham: |