Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet375/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

15-MAVZU. AXLOQIY MADANIYAT VA QADRIYATLAR 

 

 



 

223 


 

 

 



Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini takomilga, komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. 

Uning  vositalari  ko‘p.  Ulaming  bir  qismi  an’anaviy  tarbiya  vositalari  bo‘lsa,  yana  bir  qismi 

zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha 

bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va 

o‘yinlar  vositasidagi  zamonaviy  tarbiya  muvaffaqiyatli  qo‘llaniladi;  bunda  bola  qizg‘anchiqlik, 

g‘irromlik  qilmaslikka,  halol  bo‘lishga  o'yinlar  yordamida  da’vat  etiladi.  Bolalar  axloqiy 

tarbiyasida  televideniye,  radio,  qo‘g‘irchoq  teatri,  kino  san’ati  katta  rol  o  ynaydi.  Umuman, 

axloqiy  tarbiyaning  eng  kuchli  vositasi  —  san’at.  Bu  vosita  aholining  barcha  tabaqasini,  turli 

yoshdagi  shaxslarni  qamrab  oladi.  Ayniqsa,  san’atning  badiiy  adabiyot  turi  keng  qamrovli. 

Ertakdan  tortib  romangacha  bo‘lgan  janrlarda  chop  etilgan  asarlar  shaxsning  axloqiy 

shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va 

yovuzlik  nimaligini  badiiy  idrok  etadi;  ideal  tanlashda  ham  ularning  ahamiyati  katta.  Bundan 

tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga  mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va 

nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va 

Dimna”,”Qobusnoma”,  “Guliston”,  “Zarbulmasal”  singari  bunday  mumtoz  asarlar  an’anaviy 

axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib 

keldi,  bundan  buyon  ham  shunday  bo‘lib  qolajak.  Axloqiy  tarbiyaning  barcha  zamonlar  uchun 

dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-

ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim 

berish  usullaridan  tortib,  to  “maydachuyda”  xatti-harakatlarigacha  o‘z  shogirdlari  tomonidan 

shaxsiy  namuna  tarzida  qabul  qilinishini  nazardan  qochirmaslik  lozim.  Ustoz  shogirdlik 

munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini 

ta’minlovchi omillardandir.  

Hoziigi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish 

mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish 

imkoniga  ega.  Bundan  tashqari,  unda  maxsus  axloqiy  tarbiyaga  bag‘ishlangan  muntazam 

ko’rsatuvlar  ham  berib  boriladi.  o  ‘zbek  tilidagi  “Otalar  so‘zi  —  aqlning  ko’  zi”,  “Rivoyat”, 

“Oqshom  ertaklari”  singari  ko'rsatuvlar  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Shu  bois  televideniye  hech 

qachon  yengiltaklikni  targ‘ib  etuvchi  qo’shiqlar,  salkam  pomografik  reklamalar,  inson  qalbini 

qattiqlashtiradigan  “o’ldir-o’Idir”lardan  iborat  seriallar  korxonasi  bo‘lib  qolmasligi  kerak. 

Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala 

odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o 

‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz 

ko‘pincha  “ta’lim-tarbiya”  degan  qo'shaloq  atamani  qo‘llaymiz.  Ta’lim-tarbiyada 

tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil inson deb qarash muhim.   


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   371   372   373   374   375   376   377   378   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish