12-MAVZU. ARGUMENTLASH VA BILIMLAR TARAQQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
172
vа ishоnish muhim o’rin tutаdi. Аrgumеntlаsh (dаlillаsh, аsоslаsh) shunday mаntiqiy usulki, uning
nаtijаsidа muаyyan fikr, qаrаsh, nаzаriyaning chinligi yoki xаtоligi аsоslаb bеrilаdi.
Isbоtlаsh, yuqоridа tа’kidlаb o’tgаnimizdеk, аrgumеntlаshning eng оddiy mаntiqiy usuli
hisoblаnаdi.
Isbotlash va uning tarkibi. isbotlash turlari.
Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning kay darajada chin
bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar
predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga
olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning
chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega.
Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin.
Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar
bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir. Isbotlash
bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat
bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar
(asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
Tezis - chinligi asoslanishi lozim bulgan xukm, u isbotlashning markaziy figurasi xisoblanadi;
butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga karatiladi. Tezis bir muloxazaning o‘zidan, yoki
muloxazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq, faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki
xodisalarning sababini ko‘rsatuvchi muloxazalardan va shu kabilardan iborat buladi.
Argumentlar - tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan xukmlar. Argumentlar bulib faktlarni
qayd qiluvchi xukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar xamda boshka empirik va
nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro
bog‘langan va tezisning moxiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. Ta’riflar xam chin xukmlar bulib,
ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, “Harakat – bu har kanday o‘zgarishdan
iborat”, degan ta’rif chin xukmdir. Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni
talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun xam ularni
isbotlash zarur emas. Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni xech
ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin. Isbotlash usuli - demonstratsiya tezis bilan
argumentlar o‘rtasidagi mantikdy aloqadan iborat. U xulosa chikarish shaklida buladi, ya’ni tezis
argumentlardan xulosa sifatida mantiqdan keltirib chikariladi. Isbotlashning ikki turi mavjud:
bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridanto‘g‘ri
argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bulgan xukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p
xollarda yakka xodisani ifoda kilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan
argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi.
Masalan, “O’zbekiston - mustaqil davlatdir”, degan xukm (tezis)ning chinligi “O’zbekistonning
mustaqil davlat deb, e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi” kabi asoslar
yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo’lgan xukmning (antitezisning) xatoligini
ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik
isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.
Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis (a) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan,
“Materiya xarakatsiz mavjud emas”, degan xukmning chinligini asoslash uchun unga zid bulgan
“Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm olinadi. Apagogik isbotlashda antitezis topilib
(1bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi
(2bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi kursatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi
isbotlanadi. Masalan, “Materiya harakatsiz mavjud”, degan xukm chin bulsa, “Moddiy predmetlar
strukturasiz mavjud”, degan fikr (antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin buladi. Bizga
Do'stlaringiz bilan baham: |