b)
Sorit - qisqartma sillogizmlar yig’indisi.
Uch - toq son
Hamma toq sonlar – natural son Hamma
natural sonlar – ratsional sonlar.
Uch – ratsional son.
3.
Induktiv xulosa chiqarish.
Induktiv xulosa chiqarish jarayonida inson fikri yakkalikdan
umumiylikka qarab boradi. Induktiv lotincha «induktiv» co’zidan olingan bo’lib, «chiqarish»,
«hosil qilish» ma’nolarini anglatadi. Induktiv xulosa chiqarish insoniyat amaliy va aqliy
faoliyatining o’ziga xos natijasi hisoblanadi. Insoniyat ko’p asrlik ijtimoiy – tarixiy amaliyoti
tufayli yakka predmet va hodisalarga xos ayrim belgi - xislatlarning boshqalarida takrorlanishini
bilib olgan. Bu takrorlanish oqibatda inson fikrini yakkadan umumiylikka qarab yo’naltirgan.
Yakka predmet va hodisalarni takror va Yana takror o’rganish ularning umumiy xususiyatlarini
payqashga olib kelgan. Kishilar amaliy faoliyat jarayonida ko’pdan ko’p alohida fikrlardan
umumiy qoidalar hosil qilganlar, olamni bilishda yakkalik, alohidalikdan umumiylikka qarab
borganlar, alohida faktlar, hodisalarni umumiylashtirganlar.
Insonning har qanday bilimi asosida alohidalikdan umumiylikka qarab borish yotadi. Dmitriy
Mendeleev alohida elementlarni o’rganish orqali ximiyaviy elementlarning davriy sistemasini
kashf etdi. Umuman olganda, har qanday kashfiyotning mohiyatida ma’lum ma’noda yakkalikni
umumlashtirish yotadi. Induktiv xulosa chiqarish tafakkurning o’ziga xos uslubi hisoblanadi.
Fikrlashning induktiv uslubi haqidagi dastlabki ma’lumot qadimgi yunon falsafasiga borib
taqaladi. Buyuk yunon faylasufi Suqrot (e.a.469-399) har qanday bilim umumiylik haqidagi
tushunchadir. Umumiylik esa alohida hodisalarni o’rganish va solishtirish natijasida yuzaga
keladi, deb bilgan. Induktiv xulosa chiqarish mantiqiy usuliga Suqrot asos solganligini Arastu
o’zining «Metafizika» asarida ko’rsatib o’tgan edi. U ikki narsa Suqrotga taalluqli: biri induktiv
muhokama, ikkinchisi esa umumiy ta’riflardir, deb ko’rsatgan.
Induktiv xulosa chiqarish to’g’risidagi ta’limot Arastu qarashlarida rivojlantirildi. U, jumladan,
«Oddiy sanash induksiyasi» va noto’liq induksiya to’g’risida ma’lumot bergan. XVII-XVIII
asrlarda tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi induktiv logikaga qiziqishni kuchaytirdi. Ingliz
faylasufi Frensis Bekon o’zining «Yangi organon» asarida oddiy sanash yo’li bilan hosil
bo’ladigan ommabop induksiya har doim ham ishonarli bo’lavermaydi;
Induksiyaning shunday nomlarini topmoq kerakki, ular hodisalarning muhim, asosli tomonlarini
o’zida umumlashtirsin, deb ko’rsatgan edi. Bekon bunday shakllarni muayyan sxemaga (tartibga)
solib o’rganishni taklif etdi. Uning fikricha, barcha xilma-xil hodisalarni muayyan sanoqli
shakllarga solish mumkin. Bu qarash cheklangan bo’lsada, o’rta asr sxolastikasiga qarama-qarshi
o’laroq o’rganishni faktlardan, olamni o’rganishdan boshlash talabini ilgari surganligi bilan
ahamiyatli.
Induksiya tushunchasi fanda 3 ma’noda qo’llanadi:
1.
Induktiv xulosa chiqarish ma’nosida
2.
Olamni bilish metodi ma’nosida
3.
Muhokama yuritish uslubi ma’nosida
Induktiv xulosa chiqarish shunday mantiqiy uslubki, muayyan turkumga mansub ayrim predmetlar
haqidagi bilimlardan butun turkum haqidagi umumiy fikrlar hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |