S
R
emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi».
Oddiy hukmlar modalligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: voqelik, ehtimollik va
zarurlik hukmlari. Hukmlarning modalligi deyilganda ularda fikrni ifodalash shaklini tushinish
kerak.
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1
sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi.
Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan,
ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol
bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan
voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |