Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

10-MAVZU. 

 

MANTIQ 

ILMINING 

PREDMETI, 

ASOSIY  QONUNLARI.

 

TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 

 

 

 



135 

 

 



 

bo‘ladigan  va  shuning  uchun  ham  inson  bevosita  seza  oladigan  belgilari  haqida 

ma’lumotlar olinadi. 

 

Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar 



kiradi: 

 

Birinchidan,  hissiy  bilish  ob’ektning  (predmetning  yoki  uning  birorta 



xususiyatining) sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita 

ta’sir etishini taqozo etadi. Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta 

hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa 

predmet–signal ta’sir etadi. 

 

Ikkinchidan,  hissiy  bilish  shakllari:  sezgi,  idrok  va  tasavvur  predmetning  tashqi 



xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. 

 

Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 



 

To‘rtinchidan,  hissiy  bilish  konkret  individlar  tomonidan  amalga  oshirilganligi 

uchun  ham  har bir alohida  holda konkret  insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq 

tarzda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. 

 

Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz 



bilish  mavjud  bo‘la  olmaydi.  CHunki  inson  tashqi  olam  bilan  o‘zining  sezgi 

organlari  orqali  bog‘langan.  Bilishning  keyingi  bosqichi,  boshqa  barcha  shakllari 

sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. 

 

Bundan  kelib  chiqadigan  xulosa  shuki,  hissiy  bilish  tafakkur  bilan  uzviy  bog‘liq. 



Xususan,  nazariy  bilimlarning  chinligi  oxir-oqibatda  empirik  talqin  qilish  yo‘li 

bilan, ya’ni tajribada bunday bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z 

navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish 

oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan 

boyitiladi.  Masalan,  guvohlarning  bergan  ko‘rsatmalari  asosida  jinoyatchining 

portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi  yaqqol his qilinadi va qidiriladi.  

 

Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga 



alohida  olingan  predmetlar  (yoki  predmetlar  to‘plami),  ularning  tashqi  belgilari 

haqida ma’lumot beradi. Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik 

 

(masalan,  muz  bilan  havoning  harorati  o‘rtasidagi  bog‘lanish)  o‘rganilmaydi, 



predmetlarning  umumiy  va  individual,  muhim  va  nomuhim,  zaruriy  va  tasodifiy 

xususiyatlari farq qilinmaydi. 

 

Predmet  va  hodisalarning  mohiyatini  tushunishga  tafakkur  yordamida  erishiladi. 



Tafakkur  bilishning  yuqori-ratsional  (lotincha  ratio  –  aql)  bilish  bosqichi  bo‘lib, 

unda  predmet  va  hodisalarning  umumiy,  muhim  xususiyatlari  aniqlanadi,  ular 

o‘rtasidagi  ichki,  zaruriy  aloqalar,  ya’ni  qonuniy  bog‘lanishlar  aks  ettiriladi. 

Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 

 

   Tafakkurda  voqelik  mavhumlashgan  va  umumlashgan  holda  in’ikos  qilinadi. 



Hissiy  bilishdan  farqli  o‘laroq,  tafakkur  bizga  predmetning  nomuhim,  ikkinchi 

darajali (bu odatda bilish oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran 

chetlashgan,  mavhumlashgan  holda,  e’tiborimizni  uning  umumiy,  muhim, 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish