9-MAVZU. GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI
131
qo‘yilgan vazifalarni echish uchun nima qilish mumkin yoki kerak, degan savolga javob beradi.
Normativ prognozning predmeti sifatida ijtimoiy jarayonlar xususiyatini butunlay o‘zgartirishga
qodir bo‘lgan g‘oyalar, gipotezalar, farazlar, axloqiy me’yorlar, ijtimoiy ideallar, maqsadlar va
mo‘ljallar amal qiladi.
Korrupsiya shakllanishining tarixi.
BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. O‘zbekistonda
korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsiyaga qarshi kurashning ahamiyati.
Hozirgi zamonda tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korrupsiyadir. Korrupsiya
albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan buyon mavjud bo‘lib kelmokda. Qadimgi
yunon faylasufi Aristotel shunday degan:“Har qanday davlat tizimida - qonunlar va boshqa
farmoyishlar orqali ishni shunday tashkil qilish kerak-ki, unda mansabdor shaxslarni noqonuniy
yo‘l bilan boyishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”. Fransuz mutafakkiri Sharl Monteske esa bu borada
“Asrlar tajribasidan ma’lumki, har qanday hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan shaxs, uni suiiste’mol
qilishga moyil bo‘ladi va u ma’lum bir maqsadga erishmaguncha shu yo‘nalishda yuradi” degan
fikrlarni bildirgan. Korrupsiyaning jamiyatga tahdidi barcha millatlar, diniy, huquqiy
adabiyotlarning qadimiy manbalarida ham qayd etiladi. Davlat boshqaruvi san’atiga bag‘ishlangan
qadimiy hind dostonlaridan “Artxashastra” (er.avv.IV asr)da podshoh oldida turadigan mug‘im
vazifalardan biri xazinani talontaroj qiluvchilarga qarshi kurashish ekanligi ta’kidlanadi.
“Osmonda uchayotgan qushning qayoqqa qarab burilishini aytib berishdan ko‘ra, ayyor
amaldorning qanday hiyla o‘ylab topishini oldindan aytib berish mushkulroqdir; dengizdagi baliq
suvdan ichayotganligi yo ichmayotganligini aniqlab bo‘lmaganidek, amaldor unga ishonilgan
mulkni o‘zlashtirayotgan yo o‘zlashtirmayotganligini ham aniqlab bo‘lmaydi”
39
, - deyiladi.
G‘arbiy Yevropa davlatlarining keyingi tarixida ham korrupsiyaning turli ko‘rinishlari va
korrupsion munosabatlarning avj olishi nafaqat tarixiy manbalarda balki, o‘sha davrning ilg‘or
yozuvchi faylasuflarining asarlarida ham o‘z ifodasini topgan. Xususan, Shekspirning
“Venetsiyalik savdogar”, “Qonga qon, jonga jon” , Dantening “Do‘zax”, “Tozalovchi” kabi
asarlarida ham yoritilgan. Dante korrupsionerlarni do‘zaxni eng qorong‘i va eng chuqur joyiga
tashlash kerak degan fikrni bildirgan.
Korrupsiyaning kelib chiqishi tarixi va rivojlanishi masalalarini Nikkolo Makiavelli o‘rganib, uni
yo‘talga qiyoslab shunday degan edi, “Korrupsiyani ham yo‘talga o‘xshab oldin aniqlash qiyin,
ammo davolash oson, lekin bu kasalni o‘tkazib yuborsangiz uni aniqlash oson, ammo davolash
qiyin”. Mana shu so‘zlardagi haqiqatni bugungi kunda dunyo bo‘yicha keng tarqalgan korrupsiya
ko‘rinishlariga nisbatan ham qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki “Korrupsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, mazmuni
“buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi yana “korroziya”
suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chikib bu so‘zni
ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish” degan ma’noni beradi.
Korrupsiya muammolari bo‘yicha Yevropa Kengashi Guruhlarining 1-sessiyasi (1995 yil 22-24
fevral, Strasburg)da “Korrupsiya”ga shunday ta’rif berilgan.“Korrupsiya - pora olish (o‘ziga
og‘dirish), davlat yoki xususiy sohada muayyan vakolatga ega bo‘lgan shaxs, mansabdor
shaxsning yoki xususiy sohada faoliyat yuritadigan shaxs yoki mustaqil agentning o‘z mansab
vazifasidan yoki shunga o‘xshash munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini buzadigan
shuningdek o‘zi yoxud o‘zga shaxslar manfaati uchun har qanday shakldagi afzalliklarga ega
bo‘lish maqsadida ifodalangan xatti-harakat”.
Shuningdek, “Korrupsiya – mansabdor shaxs tomonidan muayyan harakat yoki harakatsizlik sodir
etish (etmaslik) evaziga moddiy manfaatdor qilayotgan shaxsning manfaatini ko‘zlab mansab
39
Кузнецов Ю.А., Силинский Ю.Р., Хомутова А.В. Российское и зарубежное законодательство о мерах
противодействия коррупции. /
Do'stlaringiz bilan baham: |