1-MAVZU: FALSAFA FANINING PREDMETI, MAZMUNI VA JAMIYATDAGI ROLI
15
•
gnoseologiya (boshqa bir terminologiyaga ko‘ra – epistemologiya) – bilish nazariyasi;
•
ijtimoiy falsafa – jamiyat haqidagi ta’limot;
•
etika – axloq haqidagi ta’limot;
•
aksiologiya – qadriyatlar haqidagi ta’limot;
•
falsafiy antropologiya – inson haqidagi ta’limot va boshqalar.
Falsafa ularning muhim xususiyatlari, birinchi sabablari va asoslarini
aniqlashdan manfaatdor. U yoki bu munosabatni dunyoga yondashuv mezoni sifatida tanlash
(masalan, dunyoga uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik nuqtai nazaridan yondashish) u yoki bu
falsafiy fanni (ayni holda estetikani) belgilaydi.
Dunyoga uni bilish imkoniyatlari va qonuniyatlari nuqtai nazaridan yondashish bilish nazariyasi
– gnoseologiyani vujudga keltiradi. «Inson – dunyo» tizimiga hokimiyat munosabatlari nuqtai
nazaridan yondashish siyosatshunoslikning predmetini tashkil etadi. Munosabatlar o‘zagini
axloqiy me’yorlar tashkil qilgan taqdirda esa tadqiqotchi etika sohasiga qadam qo‘yadi.
SHunday qilib, falsafaning asosiy masalasi strukturasi falsafaning o‘z strukturasini aks ettiradi,
falsafa esa o‘z asosiy masalasining keng nazariyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib
aytganda, falsafaning asosiy masalasi xususida mulohaza yuritish jarayonida biz borliq nima,
tafakkur nima degan savollarga turli xil javoblar olamiz. Vaqt o‘tishi bilan bu javoblar o‘z dalillar
tizimi, metodologik tamoyillarini shakllantiradi va falsafiy yo‘nalishlarga aylanadi.
Falsafaning
jamiyatdagi ahamiyati - falsafa insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ma’naviy
madaniyatning bir qismi bo‘lib, insonning o‘zi va borliq to‘g‘risidagi bir butun dunyoqarashi
tizimidan iboratdir. Falsafa inson muammosini o‘zining asosiy o‘rganish mavzusi hisoblab, uning
o‘ziga, borliqqa munosabatini falsafaning bosh masalasi deb qaraydi. SHu sababli uning asosiy
maqsadi ham inson manfaatlariga xizmat qilishdan iboratdir.Falsafa o‘z tadqiqot mavzusi sifatida
insonning mohiyati, jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy munosabatlarning asoslari
va sabablari, borliq, materiya, tabiat taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi.
Falsafa qadim davrlardan boshlab kishilarning aqliy salohiyati o‘sishida, nazariy tafakkuri qaror
topishida, axloqiy kamolatida muhim rol o‘ynab kelgan.
Bugungi kunda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha
va tarmoqlarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat
va an’analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga
muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda falsafa fanining
o‘rni beqiyos ahamiyatga egadir. Yoshlarimizning jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan,
mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash,
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning
ijtimoiy faolligini oshirishda falsafa fanining ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |