Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

6-MAVZU. BILISH NAZARIYASI: ASOSIY MUAMMOLARI VA YO‘NALISHLARI 

 

  



  

94  


  

tushunchalar,  mulohazalar  va  xulosalar  ko‘rinishida  yuzaga  kelgan,  rivojlanmoqda  va  amalga 

oshirilmoqda.  

Tushuncha 

– 

narsalar  va  hodisalarning  umumiy,  muhim  xossa  va  aloqalari  aks  etuvchi  fikr. 

Tushuncha  –  tafakkur,  tushunish  faoliyatining  mahsuli.  Ular

 

nafaqat  narsalar  va  hodisalarning 

umumiy  jihatlarini  aks  ettiradi,  balki

 

ularni  bir-biridan  ajratadi,  ular  o‘rtasida  mavjud  farqlarga 

qarab  ularni

 

guruhlaydi,  tasniflaydi.  Bundan  tashqari,  biz  biror  narsa  haqida  tushunchaga  ega



 

ekanligimizni ta’kidlar ekanmiz,  bunda  mazkur ob’ektning  mohiyatini tushunishimizni  nazarda 

tutamiz.  Masalan,  «inson»  tushunchasi  nafaqat  muhim  umumiy,  ya’ni  barcha  odamlarga  xos 

bo‘lgan jihatni, balki har qanday odamning boshqa har qanday narsalardan farqini ham aks ettiradi, 

mazkur odamning  mohiyatini tushunish esa, umuman  insonning  mohiyati,  ya’ni  inson  haqidagi 

tushunchaning  mazmunini  bilishni  nazarda  tutadi:  «Inson  –  aql,  so‘zlashish  va  mehnat  qilish 

qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  bioijtimoiy  mavjudot».  Sezgi,  idrok  va  tasavvurlardan  farqli  o‘laroq, 

tushunchalar  ko‘rgazmalilik  yoki  hissiylikdan  xolidir.  Idrok  daraxtlarni,  tushuncha  –  umuman 

daraxtni aks ettiradi. Tushunchaning mazmunini ko‘pincha aniq obraz ko‘rinishida tasavvur qilish 

mumkin  emas.  Inson,  masalan,  yaxshi  odamni  tasavvur  qilishi  mumkin,  biroq  u  yaxshilik, 

yomonlik,  go‘zallik,  qonun,  yorug‘lik  tezligi,  sabab,  qiymat  kabi  tushunchalar  va  jarayonlarni 

sezgi obrazi ko‘rinishida tasavvur qila olmaydi. Har qanday fanning barcha tushunchalari haqida 

shu  fikrni  aytish  mumkin.  Ularning  ob’ektiv  ta’rifi  ko‘rgazmalilik  chegaralaridan  tashqarida 

bilvosita aniqlanadi.



 

 

Tushuncha muhim jihatlar va xossalarni aniqlaydi va ularni o‘zida mujassamlashtiradi: tushuncha 



mohiyatning fikrda ifodalangan obrazidir. SHuning uchun ham oz sonli tushunchalar son-sanoqsiz 

narsalar – xossalar va munosabatlarni qamrab oladi. Tushunchalar turli davrlarda mazmunan har 

xil bo‘lgan. Ular ayni bir inson rivojlanishining turli darajalarida har xildir. Haqiqiy ilmiy tafakkur 

madaniyati biron-bir tushunchani aniq ta’rifsiz qoldirmaslikni o‘zi uchun qoida deb biladi. Buyuk 

mutafakkir  Suqrot  tushunchalarni  mantiqiy  jihatdan  aniq  ta’riflash  haqiqiy  bilimning  bosh 

shartidir, degan edi. Tushunchalar inson ongida ma’lum bog‘lanishda, mulohazalar ko‘rinishida 

yuzaga keladi va mavjud bo‘ladi. Tafakkur – biror narsa haqida hukm chiqarish, narsaning turli 

tomonlari  o‘rtasidagi  yoki  narsalar  o‘rtasidagi  muayyan  aloqalar  va  munosabatlarni  aniqlash 

demakdir.  


Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish