106
qilinadi. Qiyos qiling:
metin
(o’zb.) -
nikotin>nikoti : n
(rus.),
ovsin
(o’zb.) -
apelsin>apelsi:n
(rus) kabi.
8.Rus tilidan o’zlashtirilgan bir bo’g’inli so’zlarda "u" unlisi o’zbek tilidagi
"u"dan cho’ziqroq va kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
dud
(o’zb.) –
dub>du:b
(rus),
pul
(o’zb.) –
puls>pu:ls
(rus.),
tush
(o’zb.) –
tush>tu:sh
(rus.) kabi.
9.Rus tilidan o’zlashtirilgan ko’p bo’g’inli so’zlarning urg’uli bo’g’inida "u"
unlisi o’zbek tilidagi "u"dan ancha cho’ziq va bir oz yo’g’onroq talaffuz etiladi. Qiyos
qiling:
bu-da
(o’zb.) –
budka
(rus.),
mangu
(o’zb.) -
mangusta
(rus.),
mavzu
(o’zb
eduza
(rus.) kabi.
10.Rus tilidan o’zlashtirilgan ko’p bo’g’inli so’zlarning urg’usiz bo’g’inidagi "u"
qisqa talaffuz qilinadi, ammo o’zbek tilidagi "u" ayni shu fonetik pozitsiyada ruscha
"u"dan ham qisqaroq bo’ladi. Qiyos qiling:
dushman>dъshmәn
(o’zb.)-
turbina
(rus.),
muzday>mъzdәy
(o’zb.)-
muzey
(rus) kabi.
11.So’z boshidagi berkitilmagan, urg’usiz bo’g’inda "u" unlisi ruscha so’zlarda
yo’g’onroq, o’zbekcha so’zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz etiladi. Qiyos
qiling:
uklad
(rus.) –
uxlamoq
(o’zb.),
uzual
(rus.)-
uzum
(o’zb.) kabi.
12.Ruscha leksik o’zlashmalarda "u" unlisi yumshoq undoshdan so’ng o’ta
ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so’ng esa yo’g’on (orqa qator unli
tarzida) talaffuz qilinadi. Qiyos qiling:
abajur va manikur(абажур ва маникюр),
ultimatum va kostum (ультиматум ва костюм), plug va salut(плуг ва салют)
kabi.
Rus tilidan o’zlashtirilgan so’zlarda yumshoq undoshdan keyin kelgan "u" o’zbekcha
"u"dan ham ingichkaroq va yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
burro
(o’zb.)-
byro
(рус.) kabi.
13.Ruscha leksik o’zlashmalarning urg’usiz bo’g’inidagi "e" unlisi o’zbekcha
"e"dan ancha tor ("i"ga yaqin) talaffuz etiladi:
telefon>tilifon., televizor>tilivizъr,
adres>adris
kabi.
14.Rus tili orqali o’zlashgan so’zlarda "a" unlisi o’zbekcha "a"dan yo’g’onroq
talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
kana
(o’zb.)-
kanal
(rus.) kabi.
15.Rus tilidan o’zlashtirilgan so’zlardagi o’rta keng, lablangan "o" unlisi urg’uli
bo’g’inda o’zbek tilidagi o’rta keng, lablangan "o’"dan kengroq talaffuz etiladi. Qiyos
qiling:
ton
(rus.) -
to’n
(o’zb.),
tok
(rus.) –
to’k
(o’zb.),
tort
(rus.)-
to’rt
(o’zb.) kabi.
Urg’usiz bo’g’inda esa ruscha "o" reduksiyaga uchrab, o’ta kuchsizlanadi va "qisqa "i"
yoki "a" tarzida talaffuz qilinadi:
traktor>tъraktъr
, samolyot>samalyot kabi.
16.Jonli tilda "r" bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so’zlarning boshida
bir "o’" tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro’za>o’raza, rus>o’ris,
ro’mol>o’ramol kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida
ro’za, rus, ro’mol
shakllari
saralangan.
17.Rus tilidan o’zlashtirilgan so’zlarning oxirida lab-tish "v" undoshi jarangsiz
"f" tarzida talaffuz qilinadi:
aktiv>aktif, passiv>passif, ustav>ustaf, kursiv>kursif
kabi;
"v"ning jarangsizlanishi so’z ichidagi assimilativ holatda ham yuz beradi:
avtomat>aftomat, stavka>stafka
kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor
sanaladi, ammo o’zbek tilining o’z so’zlarida qo’llanadigan lab-lab "v" undoshi so’z
oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham "f" ga o’tmaydi:
ov, birov, ovqat, shavkat
kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi).
107
18.Rus tilidan o’zlashtirilgan so’zlarning ko’pchiligida urg’u erkin bo’ladi, bu hol
o’zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda:
atlas, trolléybus, tramvay
kabi.
19.O’zbek tilidagi urg’u asosan so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi, ammo ayrim
o’zlashgan so’zlarda urg’u so’zning oldingi bo’g’inlarida bo’lishi ham mumkin:
hamma, jami, hamisha, afsuski
kabi. Bunday holatlardan xabardor bo’lish adabiy
talaffuz me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: