83
xalq bilan bo’lgan madaniy aloqasiga va yozuvning qaysi grafik sistema negizida
maydonga kelishiga bog’liqdir. Arab alfaviti asosidagi eski o’zbek yozuvida
etimologik
prinsip
ning to’la ravishda amalga oshirilishi uchun o’sha davrning grafik sistemasi asos
bo’lgan.Shuning uchun ham arabcha-forscha so’zlar, mahalliy tillarda qanday o’qilishi
va qaysi xilda talaffuz etilishidan qat’i nazar, o’zining grafik shaklini to’la ravishda
saqlab qolgan—arab imlosida qanday bo’lsa, aynan shu shaklda yozilgan. Bu esa arab
alfavitini qabul qilgan xalqlar yozuvida umumiy qonun sifatida asosiy prinsiplardan biri
hisoblangan...»
57
Darhaqiqat, grafik prinsipning yuzaga kelishida bir xalqning ikkinchi xalq bilan
bo’lgan madaniy aloqasi, uning yozuv sistemasiga tayanishi kabi omillarning roli bor:
arab grafikasidagi eski o’zbek yozuvida qisqa unlilarning yozuvda ifodalanmaganligi (
اقب
- baqo: «abadiylik», «mangulik»;
راغص
– sig’or: «yosh bolalar», «go’daklar»
kabi), arabcha leksik o’zlashmalarning yozma shakllarida o’zbek tili fonologik tizimiga
xos bo’lmagan fonemalarni ifodalovchi
ع
(ayn),
ٽ
(se),
ص
(sod),
ض
(zod),
ط
(to),
ظ
(zo) kabi harf-grafemalarning qo’llanganligi (
مزع
– azm: «qat’iy qaror»,
«jazm»;
انٽ
–sano: «maqtov»;
ربباص
- sobir: «sabrli», «bardoshli»;
تبباض
–
zobit: «oqsoqol»;
علاط
- tole’: «baxt», «taqdir»;
رفظ
- zafar: «g’alaba» kabilar)
shundan dalolat beradi.Biroq grafik printsipning mohiyatini o’zbek yozuviga asos
bo’lgan boshqa til yozuviga xos grafik belgilar va qoidalarning aynan (manba tilning
yozuvi va imlosida qanday bo’lsa, shundayligicha) saqlanishi bilan bog’lashning o’zi
etarli emas: bu printsip manba tildagi harf-tovush munosabatlaridan chetga chiqishi,
bevosita o’zbek tilining o’zidagi harf-tovush munosabatlarini qamrab olishi ham
mumkin. Masalan, kirillcha o’zbek yozuvining grafik tizimidagi
o
grafemasi ruscha
leksik o’zlashmalardagi o’rta-keng lablangan «o» unlisini ifodalaydi
: opera, tonna
so’zlarining yozilishi
o
grafemasining shu xususiyatiga asoslangan, bu xususiyat aslida
rus tilining grafik tizimidagi harf-tovush munosabatlarining (grafik qoidaning) o’zbek
yozuviga aynan (o’zgarishsiz) ko’chirilishiga tayanadi, Faxri Kamolovning «grafik
prinsipi»da shu holat nazarda tutilgan. Biroq
o
grafemasining mazmun
planida o’zbek tili vokalizmining quyi-keng, kuchsiz lablangan «o» unlisi (
ota, bola
so’zlarining birinchi bo’g’inidagi fonemasi) ham kodlashtirilgan. Bu holat rus tilining
grafik tizimiga xos emas, chunki rus tilida quyi-keng «o» fonemasi ham, uni yozuvda
ifodalaydigan grafema ham yo’q:
o
grafemasining o’zbekcha quyi-keng «o»
fonemasini ifodalashi o’zbek tilining grafik tizimida nazarda tutilgan, shunga ko’ra
ota,
bola
so’zlaridagi
o
grafemasining qo’llanishi ham grafik printsipning
mahsuli bo’ladi. Faxri Kamolovning etimologik yoki grafik printsipga bergan ta’rifi esa
ko’proq tarixiy-an’anaviy prinsip talablariga mosdir. Rus tilshunosi A.N.Gvozdevning
uni etimologik yoki tarixiy prinsip deb nomlashida ham shu xususiyat hisobga
olingan.
58
Do'stlaringiz bilan baham: