Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
23
o‘xshardi. 
U yozuvga berilib ketib, ko‘shk oldigacha chopib kelgan otning dupurini eshitmadi. 
Birdan jimjit ko‘shkning allaqaysi xonasida ayol kishining o‘rtanib yig‘lagani eshitildi. 
Bobur cho‘chib boshini ko‘tardi. Yig‘i tovushi Eson Davlat begimning xonalari tomondan 
kelmoqda edi. Bobur o‘rnidan sakrab turdi, takror eshitilgan alamli yig‘idan eti junjikib, 
buvisining xonasiga qarab yugurdi. 
Eshik lang ochiq. Eson Davlat begimning ro‘moli boshidan tushib ketgan. U qizi Qutlug‘ 
Nigor xonim yuborgan xatni ochib o‘qimoqchi bo‘ladi, ammo yoshli ko‘zlari hech narsani 
ko‘rmaydi. 
Axsidan o‘lim xabarini olib kelgan Qosimbek devorga yelkasi bilan majolsiz suyanib, 
oyoqlarida zo‘rg‘a turibdi. U sakson chaqirimlik yo‘lni otda dam olmay bosib o‘tgan va 
kipriklarigacha changga botgan edi. 
Hozirgina gulday nafis tuyg‘ular ichida yurgan Boburga o‘lim xabari shu gul orasidan 
chiqqan ilon bo‘lib tuyuldi. U Qosimbekdan seskanganday rangi o‘chib, birdan orqaga 
tisarildi. Qosimbek esa unga intildi. Bobur qarshisida tiz cho‘kib, bo‘g‘iq va iltimoskorona 
ovoz bilan gapira boshladi: 
— Mirzom!.. Tangri sizga quvvat bersin! Endi bizning pushti-panohimiz o‘zingizsiz! Ikki 
tarafimizni yog‘iy bosgan. Volidangiz tayinlab yubordilar. Darhol Andijon qo‘rg‘oniga 
borib, beklarni to‘plamoq kerak! 
Eson Davlat begim qayg‘uga berilib, yig‘lab o‘tiradigan payt emasligini endi sezdi. 
Qosimbekni oyoqqa turg‘izdi-da: 
— Sadoqatingizdan minnatdormiz, — dedi. — Siz Bobur mirzo bilan birga otlaning! Biz 
ham endi chorbog‘dan qo‘rg‘onga ko‘chamiz. 
Mudhish xabar Boburni jimjit qilib qo‘ydi. U karaxt bir ahvolda kiyindi, otiga mindi. Shu 
payt uning ko‘ziga yashnab turgan daraxtlar, suvi to‘la marmar hovuz allanechuk 
mung‘ayib turganday ko‘rindi. Bularning hammasini otasi bino qilgan edi. Endi u odam 
bu joylarga hech qachon kelmaydi. Ana u nashvatilarning ko‘chatini Umarshayx 
mirzoning o‘zi o‘tqazdirgan edi. Hozir shular meva solgan, hademay pishadi. Ammo 
ularni ektirgan odam endi hech vaqt bu mevalardan tatib ko‘rolmaydi. 
Chorbog‘dan chiqib, tosh yo‘ldan borayotganlarida Bobur yana otasini esladi. Bu yo‘lga 
otasi to‘shatgan toshlar ham turibdi. Uzoqda ko‘ringan baland qo‘rg‘onni ham otasi 
qurdirgan edi. Hammasi butun, hammasi bor. Faqat uning o‘zi yo‘q. Bobur endi otasini 
umrbod  ko‘rolmasligini  butun  vujudi  bilan his qildi-yu, achchiq judolik tuyg‘usi birdan 
uning borlig‘ini to‘ldirib, ko‘zlaridan yoqasiga yosh bo‘lib tomdi. 
Oldinda suv to‘ldirilgan choh va o‘n bir paxsalik baland devor bilan o‘ralgan Andijon 
qo‘rg‘oni ko‘rindi. Ular Mirzo darvozasiga yaqinlashganlarida ichkaridan besh-olti kishi ot 
choptirib chiqdi. Oldinda saman ot minib kelayotgan qisiq ko‘zli mo‘g‘ultaxlit bek — Bo-
burning onasiga qarindoshchiligi bo‘lgan Sherim tog‘oyi edi. U Boburning yuzida og‘ir 
musibat alomatini ko‘rdi-yu, otdan sakrab tushdi, ko‘ziga yosh kelmasa ham ho‘ngrab: 
— Men ishonmagan edim, amirzodam! — dedi. — Pushti-panohimizdan ayrilganimiz 
rostmi? Oh, bevafo dunyo! 
— Kimdan eshitdingiz? — so‘radi Qosimbek. — Bu xabar hozircha sir tutilmog‘i kerak 
edi! 
Sherimbek yoqasini ushlab: 
— Tangrining qudratini qarangki, — dedi, — bir aloqachi kabutarim osmonda uchib yurib 
birdan yo‘q bo‘lib qoldi. «Kim uni tushirib oldi?» — deb tom ustiga chiqdim. Anchadan 
keyin kabutar oldimga kelib qo‘ndi. Qanotining tagida bir qog‘oz ko‘rindi. Olib qarasam 
— mana shu qayg‘uli xabar! Kim yozgan? Osmonda farishtalar yozib yubordimi, 
bilmadim! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish