www.ziyouz.com kutubxonasi
172
lekin osmonda bulut bor. Yulduzlar onda-sonda ko‘rinib qoladi. So‘x soyi osmonni
boshiga ko‘tarib shag‘irlaydi. Tunda tog‘larning qorasi kunduzgidan haybatliroq ko‘rinadi.
Bobur qop-qora tog‘larga tikilib turganda yana ko‘chki bosgan buloq esiga tushdi.
Tog‘larning bu tomonida hamma yo‘llari bekilgan buloq endi tog‘larning naryog‘idan ko‘z
ochib chiqa olarmikin? Ulug‘tog‘dan narida bahaybat Pomir. Undan narida Himolay va
Hindikush...
Buloq bu tog‘larning hammasidan o‘tib borib, nar-yoqlarda qaytadan ko‘z ochishi uchun
qanchalik katta kuch-qudrat kerak!
________________
* O‘ r o n — parol.
Do'stlaringiz bilan baham: |