Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
xanjarning sopiga bordi. 
Lekin uning oyoqlari yalang edi. Itlar eng avval uning oyog‘idan oladiganday ko‘rindi. 
Shu payt u o‘zining yalang oyoq yurganidan qattiq pushaymon bo‘ldi. 
— Nega indamaysen? — dedi cho‘pon yana tahdid bilan. 
Bobur o‘zini iloji boricha vazmin tutib: 
— Ne deyin? Gapimga ishonmasang! — dedi. 
Cho‘pon itlariga o‘girilib: 
— To‘rtko‘z, Bo‘ynoq, yotinglar! — dedi. So‘ng yana Boburga yuzlandi: — Xo‘sh, gaping 
chin bo‘lsa, mening otamni Boburning o‘zi emas, Tanbal degan beki o‘ldirgan. 
Shundaymi? 
— Shundoq. 
— O‘sha bekka kim farmon bergan? Boburmi? 
— Bobur bunday bo‘lishini bilmagan... Yoshlik qilgan! 
— Yana poshshoyingning tarafini olasan-a! Agar men hozir mana bu itlarimga «ol»! — 
desam, seni tilka-pora qilib tashlagay. Shunda faqat itlar aybdor bo‘lgaymi? Bularni 
olqishlaganim uchun men gunohkor bo‘lmasmenmi? 
Bobur cho‘ponning bu gapiga e’tiroz qilib bo‘lmasligini sezdi-yu, boshini quyi soldi: 
— Balki sen haqlidirsen... 
— Kimsen o‘zing? Ayt rostini! 
Cho‘ponning ovozidagi tahdidni sezishib, itlar yana irillashdi. Bobur qo‘rqqanini sezsa, 
itlar unga tashlanadiganga o‘xshardi. U bor kuchini go‘yo ko‘zlariga yig‘ib, cho‘ponga tik 
qaradi-yu, dadil turib: 
— Men Boburmen! — dedi. 
Cho‘pon quloqlariga ishonmay, uning yalang oyoqlariga yana bir qaradi: 
— Nahotki podshoh Bobur sen bo‘lsang?! 
— Ha, men podshoh edim! 
— Hozir-chi? 
— Hozir... toju taxt da’vosidan voz kechdim. Endi faqat shoirona hayot 
kechirmoqchimen. 
— Shoshma, shoshma! 
Oqsuv bo‘yida bo‘lgan kechagi to‘yda cho‘pon ham bor edi. U xushovoz yosh hofizning 
Bobur g‘azali bilan aytgan ashulasini tinglab g‘alati bo‘lib ketgan edi. Ashula oxirida: 
 
Bobur, o‘zungni o‘rgata ko‘r yorsizki, men 
Istab jahonni, muncha qilib yor topmadim! — 
 
degan satrlar uning esida qolgan edi. 
Hozir Bobur bir o‘zi tog‘u toshda yolg‘iz yurgani ham uning o‘sha baytini tasdiqlagan 
ko‘rindi-yu, cho‘pon itlariga qarab: 
— Yot! Bo‘ynoq, yot! — deb buyurdi. Itlar tinchlangach, yana Boburga ko‘z tikib so‘radi: 
— Shoirliging rost bo‘lsa, shu yerda yozgan she’rlaringdan birini ayt-chi? 
Bobur yerga qarab o‘ylanib oldi-da, boshini ko‘tardi. 
— Eshit: 
 
Ne xesh meni xushlaru ne begona
Ne g‘ayr rizo mendinu ne jonona. 
Har nechaki yaxshilikda qilsam afsun, 
Xalq ichra yomonlik bilan men afsona. 
Ichki tug‘yon bilan o‘rtanib aytilgan bu satrlarning tafti cho‘ponning birdan yaltirab 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish