Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Chig‘atoyxon Turonda biron yil yashamagan, bironta tarixiy obida qurdirmagan, biron 
joyni obod qilmagan! Aksincha, obod joylarni xarobaga aylantirgan, to‘g‘onlarni buzdirib, 
shaharu qishloqlarni suvga bostirgan! 
— To‘g‘onlar hazrat Chingizxonning farmoni bilan buzdirilgan, shekilli, — deb gap qo‘shdi 
Eson Davlat begim. 
— Har qalay, barcha qirg‘inlar, buzg‘unchiliklarga Chig‘atoyxon ham katta ulush 
qo‘shgan, — davom etdi Bobur. — Tarix kitoblaridan o‘qidimki, Chingizxon o‘ziga ham 
bironta yodgorlik qurdirmagan ekan. «O‘lsam, tekis yerga dafn qilinglar, qabrim ustidan 
mingta ot yurib o‘tsin, toki ko‘milgan joyimni hech kim topolmasin», degan ekan. Vafot 
etganidan keyin xuddi uning aytganini qilishibdi. Mingta ot uning qabrini toptab o‘tibdi. 
Haligacha uning qabrini hech kim topolmas emish. 
— E’tiqodi shunday bo‘lgan ekan-da, — dedi Eson Davlat begim. — Doim o‘tovda yoki 
otda, tabiat bag‘rida bo‘lishni istarkan. Shaharlarni, qo‘rg‘onlarni yomon ko‘rarkan. 
— Begunoh shaharliklarni-chi? — so‘radi Bobur.— Tabiat bilan hamkorlik qilib cho‘llarga 
suv chiqargan, bog‘-rog‘lar bunyod qilgan butun o‘troq aholini nechun ayovsiz qirgan? 
Turon xalqining dodi parvardigorga yetgan ekan-ki, Amir Temurdek bir najotkorni 
yuboribdir. «Biz Chingizxon naslidanmiz!» deb ko‘kraklariga urib maqtanib yurganlar 
bilsinlar! Nasl-nasab bilan maqtanish zaiflik belgisidir! O‘zining ilkidan yaxshi ish 
kelmaydiganlar mudom nasl-nasablari bilan kerilurlar. Ammo odamning kimligini qilgan 
ishiyu avlodlarga qoldirgan merosi ko‘rsatgay. Chingizxondan, Chig‘atoyxondan, 
To‘xtamishxondan qanday meros qoldi-yu Amir Temurdan, Shohruhdan, Ulug‘bekdan 
qanday meros qoldi? Bir qiyoslab ko‘ring! Adolat kim tomonda ekani shunda darhol 
bilinur! 
Bahsga aralashmay boshini egib jim o‘ltirgan Qutlug‘ Nigor xonim o‘g‘liga mehr to‘la 
ko‘zlar bilan qaradi-da: 
— Siz haqsiz, Boburjon! — dedi. — Bugun bo‘lmasa ertaga haq joyida qaror topgay. Men 
shunday pahlavon, haqgo‘y, bahodir o‘g‘lim borligi bilan iftixor qilurmen. Siz o‘z 
nomingizga munosib sher yigitsiz. Ammo Ahmad Tanbal bilan uning og‘asi chiyabo‘riga 
o‘xshaydilar. Siz o‘shalar bilan teng bo‘lmang, ular tufayli xon tog‘oyingiz bilan orani 
buzmang, sulh taklif qilishsa, yarasha qoling, bolam! 
— Qaysi shart bilan yarashaylik? — so‘radi Bobur. 
— Axsi Jahongir mirzoda qolsin, mayli deng. Saxiy bo‘ling! 
— Ie, ikki yil jon chekib olishganlarimiz bekor ketgaymi? — norozi bo‘lib so‘radi 
Qosimbek Boburdan. — Otangizdan qolgan yaxlit davlat yana parchalansinmi?! 
— Agar bunga ko‘nmasangiz Mahmudxon yuborgan qo‘shin bilan jang qilurmisiz?! — 
tahdid qilib so‘radi Ali Do‘stbek. 
Qosimbek ham unga tik javob berdi: 
— Agar amirzodam buyursalar, jangga tayyormiz! 
— Oldinda Mahmudxon! Orqada Tanbal! Siz amirzodamni ikki o‘t orasiga 
tashlamoqchimisiz?! — so‘radi Eson Davlat begim ham qizishib. — Siz Bobur mirzoga 
nuqul xonlarni yomonlab, ikki orani buzmoqdasiz-ku, janob Qosimbek! 
— Men haqiqatni aytdim, xolos, hazrat begim! 
— Siz haqiqat degan narsa ayg‘oqchilarning yolg‘on-yashiq ig‘volaridir! 
Ali Do‘stbek bu da’voni yana bir parda baland ko‘tardi: 
— Janob Qosimbek shu ig‘volarga tayanib xonlarga tuhmat qilmoqdalar! 
Bobur oraga tushdi: 
— Janob Do‘stbek! Hazrat momo! Qizishmangizlar! 
«Tuhmat!» degan gap Qosimbekka juda og‘ir botdi. U Boburdan himoya istardi. Ammo 
Bobur momosi bilan Do‘stbekni yanada asabiylashtirmaslik uchun Qosimbekni 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish