“Hindiston” (“Kitobi fi tahqiqi mo lil hind min maqulatin
maqbulatin fil aql av marzulatin”—“ Hindlarning aqlga sig’adigan va aqlga
sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash kitobi ”)
ni olim 1020 yilda yoza boshlab,
1030-yil yozda tamomlagan; Kitobni o’z do’sti va ustozi Abu Sahl Tiflisiyga
bag’ishlagan. Bu kitob “Hindiston tarixi” nomi bilan mashhurdir. Beruniyning bu
asari ustida 1888-yili Londonda mazkur kitobning arabcha teksti bilan inglizcha
tarjimasi nashr etilgan 1958 yilda Hindistonda arabcha nusxasi Ikkinchi bor nashr
etildi. Ruschaga tarjimasi 1963-yilda, o’zbekcha tarjimasi esa 1965-yilda
Toshkentda bosilib chiqdi. Allomaning ushbu asari muqaddima va sakson bobdan
iborat.
“Beruniy – deydi Chaterji,- birinchi hindshunos olim bo’lishi bilan
birga, barcha davr hindshunoslarining ham eng yirigidir. Bir tomondan o’zining
har tomonlama va aniq ma’lumotlari tufayli, ikkinchi tomondan juda ham sabr –
toqati va xolisligi tufayli Beruniy insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan
hisoblanishi kerak.
42
Beruniy bu asarda o’zi ko’rgan va aniqlagan narsalar haqida hikoya qiladi.
Beruniy o’z kuzatishlari natijasida bir qancha shaharlarning kengliklarini
aniqlagan. Jumladan, Lohur, Kashmir, G’azna, Qobul, Gandiamir, Dunpur,
Mandakkapur, va boshqa shaharlarni uzunlik va kengliklarini aniqlagan. Olim
Hindistonning Nandna qal’asida Beruniy Yer shari aylanasini o’lchagan. Hindiston
siyosiy arbobi Javoharlal Neru “Hindiston Kashfi” kitobida Beruniyning mazkur
42
Каримов. У. Беруний -ўрта асрнинг буюк олими. Т. «Фанлар академияси» 1950. – Б. 27 .
24
asari xususida bunday degan: “Beruniy yunon falsafasini o’rgandi Hind falsafasini
mutolaa qilmoq uchun sanskirit tilini o’rgana boshladi. Beruniy hind va yunon
falsafasini solishtirdi ulardagi mavjud umumiylikni ko’rib hayratda qoldi. Orani
xudbinlik kayfiyatlari buzib turgan paytlarda ham Beruniy, begona odam bo’la
turib, bu o’lka kishilari ahvolini to’g’ri tushuntirishga harakat qildi.
43
Rus sharqshunosi akademik B. Rozen “Hindiston” kitobiga “ Sharq
va G’arbning qadimgi va o’rta asr kitoblari orasida tengi yo’q asar” deb baho
bergan. “Hindiston” kitobini tahlil va targ’ib qilishda sharqshunoslardan A.
Rasulov A. Irisov filosoflardan M. Barotov O. Shamanovlar A.Sharipov
adabiyotshunoslardan A. Po’lotov S. Yo’ldoshovlarning xizmati katta.
Beruniy shunday degan: “Men Hindlarning ikki kitobini (“Sankx’ya”
va “Patanjala” arab tiliga tarjima qilgan edim” “Men Evkid va Batlimusning
“ Almajistiy” kitobini hindlar uchun tarjima qilib, ularga astrlobiya sa’natini yozib
berdim. Hindlar orasida ilm tarqatishga va ularga yo’q ilmlarni bor qilishga
qiziqaman”, - deydi Abu Rayhon Beruniy “Hindiston” kitobida.
Do'stlaringiz bilan baham: |