6. YPX xodimi tomonidan transport vositalari quyidagi asoslarga ko‘ra to‘xtatilishi
haydovchi tomonidan yo‘l harakati qoidalarining (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb
ataladi) buzilishi vizual kuzatuvda aniqlanganda yoki maxsus moslama yordamida qayd
transport vositasi, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda ekanligi, yo‘l transport hodisasi
yoki boshqa huquqbuzarlikka aloqador ekanligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
yo‘l transport hodisasi, huquqbuzarlik sodir etilganini ko‘rgan haydovchi yoki
vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatni cheklash yoki
transport vositasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish zarurati
yuzaga kelganda (chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa
vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari hamda maxsus
transport vositasidan foydalanish va boshqarish huquqini beruvchi, shuningdek,
transport vositasi va olib ketilayotgan yuklarga oid hujjatlar mavjudligini tekshirish uchun
(maxsus va harbiy yuklar, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, bojxona xizmat tomonidan
plombalangan yuklar bundan mustasno).
YPX xodimi tomonidan boshqa asoslarga ko‘ra transport vositalarining to‘xtatilishi
taqiqlanadi.
7. YPX xodimlarining ishoralari yo‘l harakati qatnashchilariga tushunarli bo‘lishi va o‘z
vaqtida berilishi lozim.
8. YPX xodimi tomonidan transport vositasi hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatilganda,
faqat ushbu hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda chora ko‘riladi.
Qoidalar buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida qayd qilinganda,
YPX xodimi haydovchiga dastlab aynan sodir etgan qoidalar buzilishini tushuntirib, shundan
so‘ng hujjatlarni tekshirib, tegishli choralar ko‘radi.
9. Transport vositasi to‘xtatilganida haydovchi YPX xodimi aynan to‘xtatilgan hududda
dislokatsiyaga asosan xizmat o‘tayotganligi haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi tasdiqlangan dislokatsiyaning ko‘chirmasi bilan shu
joyning o‘zida tanishishi mumkin.
YPX xodimining dislokatsiyasi ushbu xodim xizmat olib borayotgan Davlat yo‘l harakati
xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) saf bo‘limi (bo‘linmasi)
boshlig‘ida saqlanadi va haydovchining murojaatiga binoan o‘n besh kun ichida yozma
ravishda ma’lumot beriladi.
10. Maxsus tadbirlarni o‘tkazish jarayonida YPX xodimi tomonidan transport vositasi
to‘xtatilganda, yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirning aynan nima maqsadda
o‘tkazilayotganligi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish beriladi.
11. Yo‘l harakati qatnashchisi maxsus tadbirlarni haqiqatda tasdiqlangan reja asosida
o‘tkazilayotganligi haqida markaziy axborot-dispetcherlik xizmati (keyingi o‘rinlarda MADX
deb ataladi) — axborot-dispetcherlik xizmatiga (keyingi o‘rinlarda ADX deb ataladi) telefon
qilish yoki ushbu xodim xizmat olib borayotgan DYHXX saf bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga
murojaat qilish orqali ma’lumot olishi mumkin. Bunda YPX xodimi yo‘l harakati
qatnashchisining talabiga ko‘ra, MADX — ADXning telefon raqami haqida ma’lumot beradi.
Yo‘l harakati qatnashchisiga maxsus tadbirlarning o‘tkazilish maqsadi, transport
vositasini to‘xtatgan YPX xodimi maxsus tadbirda ishtirok etgan yoki etmaganligi, transport
vositasi to‘xtatilgan hududda maxsus tadbir o‘tkazilganligi haqida ma’lumot beriladi. Maxsus
tadbirning shartli nomlanishi, to‘liq mohiyati hamda ko‘lami haqida ma’lumot, shuningdek,
maxsus tadbirning o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatilmaydi, ulardan nusxalar
berilmaydi.
Yo‘l harakati qatnashchisi uni to‘xtatgan YPX xodimi xizmat olib borayotgan DYHXX saf
bo‘limi (bo‘linmasi) boshlig‘iga murojaat qilganda, murojaat muallifiga qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan javob xati beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: