bildiradi. Shahar va yirik manzillar qalin devor bilan o„ralib, harbiy
malakali hunarmandlar bajarganlar.
O„rta Osiyo mazkur davrdagi ma‟naviy taraqqiyotni shartli ravishda
quyidagi davrlarga mansub deyish mumkin:
Idishlar xilma-xilligi, qadah, kosa, riton, suvdon, ayol ziynati, libosi
yuqori did bilan tayyorlanishi mahalliy sug„dlarning turli din va
madaniyati rivojlanganligini ko„rsatdi. Xalq hunarmandchiligi sanoat
ishlab chiqarish darajasida taraqqiy etdi. Kul, koranda, muzdur, xalfa va
shogirdlar mehnatidan arzimas xaq evaziga foydalanilar edi.
Qimmatbaho metallar (oltin, dur, xaqiq, zabarjad va boshq.) xalq
hunarmandchiligida yuksak did bilan foydalanish keng avj oldi. Eftalit-
turk koroplastikasi sopol buyum tayyorlashda cheti to„lqinsimon kosa,
likopcha, ilmoqsimon dastali krujka, shaffof-slyuda lok surtilgan,
dastali, chumokli tor og„izli ko„za, turli maqsadda ishlatiladigan turli
o„lchamdagi qozon, shamot aralashtirib tayyorlangan xumcha,
temirchilik o„chog„i, maxsus sopol vannacha, quyish qolibi, g„isht terish
xumdoni va shu kabi buyumlar yuksak did bilan, haqiqiy san‟at asari
darajasida tayyorganligi, hunarmandchilikning turli yo„nalishlariga
ixtisoslashtirilganligini bildiradi.
Hunarmandchilik xalq, elat va qabilaning yashashi, turmushi bilan
uyg„unlashgan holda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik
davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo„ldi. Juda ko„p yillik va kishilik
harbiy yurishi, mudofaa va hujum qurollarining taraqqiyoti bilan
yo„g„rilib ketadi. Ana shunday urushlar davrida madaniy taraqqiyot,
urush bo„lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi
tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo„lmagan bo„lsa ham)
majburiy, ma‟lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot
inikosi yuzaga keladi.
Juda ko„p tarixiy davrlarni boshdan kechirgan hozirgi yangi davr
taraqqiyotiga nazar tashlasak, turli sohalarning rivojlanishi, jadal
suratlarning keskin tus olishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish
sohalariga bo„lgan ehtiyoj kundan kunga ortib boryapti.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub negizida
yoshlarni har tomonlama bilimli qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy
qadriyatlarni singdirib borish, urf-odatlar zamirida yotgan
mehnatsevarlikka o„rgatish, xalq hunarmandchilik sohalarining turli
yo‟nalishlariga qiziqtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bularni amalga
oshirishda esa texnologiya ta‟limining hissasi katta hisoblanadi.
Oliy ta‟limning bakalavriat va magistratura bosqichlarida mehnat
tarbiyasi bevosita texnologya ta‟limi bilan qoʻshib amalga oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi berishda oʻquvchilarning boʻsh vaqtidan toʻgʻri
foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. O„quvchilarning oʻquv
rejasida koʻzda tutilgan, mehnat amaliyotini oʻtashlarini toʻgʻri tashkil
etish, ularni bolalar, oʻsmirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va
markazlari qoshidagi toʻgaraklarga koʻproq jalb qilish yosh avlodning
komil shaxslar sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: