2.2. Sirtni - plastik deformatsiyalash (SPD) usullarining tasniflanishi
Mavjud bo‟lgan sirtni-plastik deformatsiyalash usullarining xilma-xilligiga
qaramasdan, ularning barchasi 2.3-jadvalda keltirilgan to'rtta asosiy guruhga
birlashtirilishi mumkin.
1. Sirtni puanson yordamida statik deformatsiyalash - chekankalash,
shtamplash, markirlash va boshqalar kiradi. Bunday ishlov berishning o‟ziga xos
xususiyati - sirt yuzani silliq yoki fasonli puansonning toresti bilan
deformatsiyalash. Bunda sirtning mikronotekisliklari asosiy normal kuchlar ta'siri
ostida deformatsiyalanadi.
2. Sirt yuzalar (mikronotekisliklar)ni deformasiyalshda asbobni
ko‟ndalang va chiziqlar bo'ylab surish usuli (teshiklarni kengaytirish, kiryalash va
boshqalar). Ushbu operatsiyalar uchun o‟ziga xos xusussiyati, normal kuchlardan
tashqari deformatsiyalanayotgan yuzaga asbobni surishda hosil bo‟lgan ishqalanish
kuchlari ham ta‟sir etadi.
3. Sirtni zoldir yoki rolik bilan tekislash (dumalashdagi ishqalanish
sharoitida deformatsiyalash). Bu guruhga rolikllar, zoldirlar yordamida ishlov
berishning ko'plab usullari kiradi. Ishlov berilayotgan yuzaning zoldirlar yoki
roliklar bosib turgan zonasida siquvchi kuchlanishlar hosil bo‟ladi, natijada metal
plastik deformatsiyalanib, asbob shakliga o‟xshash shaklni oladi. Bunda yuza
gadir-budurliklari tekislanadi. Zoldirli asboblar bilan ishlov berishda, nuqtaviy
kontakt hisobiga, sirtning puxtalanishi va tekislanishi bir muncha kichikroq normal
kuchlarda amalga oshadi.
4. Sirt yuzasini dinamik puhtalash usuli (pitra bilan urib puhtalash, zoldirlar
bilan puxtalash, yuzani doiraviy siqish, chekankalash va boshqalar). Bunda yuza
qatlamining puhtalanishi va qattiqlanishi bir-biriga uruluvchi jismlar massasiga,
ularning harakati tezligiga va boshqa omillarga bogliq.
Puxtalash sirt qatlamining qattiqligini, toliqishga chidamliligini oshirish
maqsadida va ichki zo‟riqishlarni, asosan siquvchi kuchlanishlarni, shuningdek,
sirt yuza notekisliklarning shaklini tartibga solish uchun amalga oshiriladi. Sirtlarni
plastik deformatsiyalash orqali puxtalash, mashina detallarini ishlab chiqarish
jarayonining yakuniy operatsiyalarida, abraziv va kesuvchi asbob bilan ishlov
berishning o‟rniga qo‟llash samarali hisoblanadi. Bikr bo'lmagan detallarga ishlov
berishda, zarbali vositalari, ultratovush yoki impulsli dinamik ta‟sir qilish sirt
yuzasini plastik deformatsiyalashning eng mos usuli hisoblanadi.
43
Sirtni-plastik deformatsiyalash (SPD) usullarining tasniflanishi
2.3-jadval
№
Jarayon tavsifi
Ishlov berilgan
yuzaning sifati
Qo‟llaniladigan
usullar
Kvalitet
Yuza g‟adir
budurligi, Ra,
mkm
1 Asbobni
bo'ylab
va
ko‟ndalang
harakat-
lantirib sirt yuzasini
deformatsiyalash
(mikronotekisliklar)
7…8
1,25…0,32
Chekankalash,
markirlash
va
boshqalar.
2 Sirt
yuzasinin
statik
deformatsiyalash
(puanson bilan)
6…7
0,63…0,08
Silindrsimon
va
fasonli
profillarni
sidirish.
3 Sirt yuzasinin roliklar
yordamida
tekislash
(ishqalanish
sharoi-tida
deformatsiyalash)
6…8
0,63…0,06
Tashqi va ichki sirt
yuzalarini zoldir va
roliklar
yordamida
tekislash, shesterniya
tishlarini, rezbalarni
kalibrlash.
4 Sirt yuzasinin dinamik
mustahkamlash
7…8
8…10
0,63…0.2
25…3.2
Zoldirlar yordamida
puxtalash,
yuzani
chekankalash,
doiraviy siqish
Pitra
bilan
urib
puxtalash
Ishlov
berilayotgan
material
sirtining
qattiqligi
va
plastik
deformatsiyalashning chuqurligi puxtalash rejimlariga, materialning fizik-mexanik
xossalariga, strukturasiga va kimyoviy tarkibiga bog'liq. Sirt qatlamimning
qattiqligiga deformatsiya qiluvchi asbobning solishtirma bosimi va bu bosimning
takrorlanishi eng katta ta‟sir o‟tkazadi. Solishtirma bosim puxtalash kuch,
deformatsiyalayotgan asbobning va detalning geometriyasi, shuningdek ishlov
beriladigan materialning fizik va mexanik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Dastlabki hisoblarda solishtirma bosimni Brinell (HB) qattiqligiga teng deb olish
mumkin.
Ta‟sir qilayotgan kuch qiymatining va takrorlanishi oshishi bilan
puxtalanayotgan sirtning qattiqligi to'g'ri proportsional ravishda ma‟lum
darajagacha ko'tariladi va keyin stabillashadi. Stabillashish uchastkasining
boshlang'ich nuqtasi ruxsat etilgan bosim darajasini yoki yuklanish davrlarini
belgilaydi. Sirt yuzasini puxtalash jarayoni davom etsak, qattiqlikning va
chidamlilik chegarasining keskin pasayishi vujudga keladi, shuningdek, yuqori
44
ichki zo‟riqishlar sababli sirt qatlamining ma‟lum qismlarida joyli emirilishlar
kuzatilishi mumkin. Bunday holda, puxtalanishning haddan tashqari oshib ketishi
hodisasi yuzaga keladi. Yuklanish necha marta ta‟sir qilinishi puxtalangan
strukturaning toliqish mustahkamligi bilan chegaralanadi va quyidagicha
ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |