@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Soxtalashtirib o’z nomidan tarqatish ta’qiqlanadi. Qonuniy jazo muqarrar va Allohning o’zi
kifoya qilsin!
yerda nimadir narsa o'zgargandi. Go'yo u vafot etgandek, ruhi esa
uyni tark etgandek
edi. Zulmat рardasi meni o’rab oldi. Men keskin burilib, qolganlarning chalkash
nigohlariga yuzlandim. Ular ham bu sovuqlikni his qilishgandi.
Hech narsa demay Renesmining xonasiga oshiqdim. Eshikni ochib, yengil
tortdim. Renesmi to’shagida shiringina uxlardi. Uning yaqinida o’ralgancha, Jeykob
рolda yotardi.
Men indamay uning to’shagi yoniga bordim va muloyimlik bilan Renesmining
yuziga qo'l cho’zdim. Oyning zarrin nuri qizimning bo'ynidagi g’alati narsani
jilolantirardi. Men qo'l uzatdim va o’sha g'alati narsani oldim. Bu Bagirraning kumush
marjoni bo’lib, onasi o'limidan oldin bo'yniga osib qo’ygan leopardning haykalchasi,
ota-onasining Bagirrani qoldirgan yagona esdaligi edi. Yuragimga nimadir sanchildi.
Men orqaga o'girildim. Edvard mening orqamda turardi. Uning ko'zlarida chalkashlik
alangalanib ketdi. U men bilan bir xil fikrda edi. Oila eshik oldida yig'ilgandi.
- Bella, nima bo'ldi? – Ellis karavotga yaqinlashdi va g’ayrioddiy tumorga
qaradi.
Uning baland ovozi Jeykobni uyg'otdi. U erinibgina cho'zilib, atrofimizga
uyqusirab qarab qo'ydi.
-Jeykob, Bagirra qani? – mening ovozim befarq eshitildi. Shunday qilib, meni
qamrab olgan vahimani yashirishga harakat qildim.
Jeykob polga o'tirdi, qo'llari bilan ko'zlarini ishqaladi va uyqusiragan ovoz
bilan dedi: – Bilmayman. U shu yerda edi, keyin men uxlab qoldim... – U uzr
so'ragancha yelka qisdi.
Mening nigohim kichkina stolga tushdi. Men uning oldiga borib, yaxshilab
buklangan qog’ozni oldim. Unga silliq, chiroyli yozuv bilan xat yozilgandi:
“Salom, qadrdon Kallenlar!
Siz bilan birga bo'lgan vaqt ichida sizlarga mehr qo’ydim va barchangizga
bog'lanib qoldim. Siz mening haqiqiy oilamga, ko'p yillar oldin yo'qotgan
yaqinlarimga aylandingiz. Buning uchun rahmat. Afsuski, hayotingizda menga joy
yo'q. Tubsizlik bizni ajratib turadi va men sizlarning biron biringizga ziyon
yetkazishni xohlamayman. Men va'damni bajardim – qancha vaqt kerak bo'lsa, men
sizlar bilan bo’ldim. Endi esa mening vazifam tugadi. Bella, men Nessiga Dantey
ramzini berdim. Bu bizni klanning belgisidir va bu haqli ravishda unga tegishli. Unga
g'amxo'rlik qiling. Yengil tortgancha unga Dantey va Vergil klanlarining oxirgi,
bizning shajarani davom ettira oladigan so’nggi vakil bo'lish huquqini in’om etdim.
Karlayl, borliging uchun tashakkur. Sen mening hayotimni yorug'lik va iliqlik
bilan to'ldirding. Sen bilan mening ruhim halovat topdi. Yoningda o'tgan har bir
lahzani yoddan chiqarmayman.
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi // Abduqodir Toshpo’latov
Do'stlaringiz bilan baham: