1.
Nerv sistemasining asosiy funksiyalarini ayting.
2.
Nerv sistemasi qanday tuzilgan?
3.
Orqa miyaning joylashishi va tuzilishini tushuntiring.
38- §. Bosh miya
Ø
Miya qismlari, miya po‘stlog‘i
Bosh miyaning ahamiyati haqida tushuncha.
Odamning bosh
miyasi uning aql-idroki, fikrlash qobiliyati, ongi kabi muhim ruhiy
xususiyatlarining fiziologik asosi hisoblanadi. U tashqi va ichki muhit
ta’sirini analiz-sintez qilib, ularga javob qaytaradi. Òananing barcha
to‘qima va organlari ish faoliyatini bir-biriga bog‘lab boshqaradi,
organizm bilan tashqi muhitning aloqasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |