Zeb-ziynat buyumlari



Download 84,49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.01.2022
Hajmi84,49 Kb.
#296774
Bog'liq
Zeb-ziynat buyumlari - Vikipediya (1)



Zeb-ziynat

buyumlari

Zeb-ziynat buyumlari — 

zargarlik

sanʼatida yaratiladigan bezak buyumlari,

taqinchoklar. Ayol libosini boyitib, ularni

yanada nazokatli va jozibali qilib

koʻrsatishga xizmat qiladi. Asosan, oltin,

kumush va boshqalardan yasalib,

javohirlar qoʻyib bezatiladi, jimjimador

qilib raxkori, kumushni qoraytirib

sovodkori, panjarali qilib shabaka va

boshqalar usullarda oʻyma va boʻrtma



naqshli qilib turlicha ishla’ nadi, shokilalar

bilan bezatiladi. Taqilishiga koʻra, bosh

(tillaqosh, tillabargak, bodomoy, bibishak,

gajak, koʻshduo va boshqalar), boʻyin–

koʻkrak (turli marjon va marvaridlar,

zebigardon, nozigardon, jevak,

tangajevak, tavq, boʻyintumor,

koʻkraktumor, qoʻltiqtumor kabi tumorlar,

bozuband va boshqalar), soch

(sochpopuk, tuf va boshqalar), quloq –

burun (buloqi, isirgʻalar va boshqalar) va

qoʻl (uzuk, bilaguzuklar) Zeb-ziynat

buyumlari xillari farqdanadi. Zeb-ziynat

buyumlarining paydo boʻlishi tarixi juda

qad. davrga borib taqaladi. Arxeologlar

yuqori paleolit katlamlaridan topgan tosh

munchoq, toʻgʻnogʻichlar, jez davriga oid



bilaguzuk, toʻgʻnogʻich va tugmalar ilk

ajdodlarning dastlabki bezaklari haqida

xabar beradi. Keyingi davrlarda yaratilgan

tilla buyumlar boʻrtma tasvirlar, sopol

haykalchalar, oʻrta asrlarga oid devoriy

rasmlar, qoʻlyozma asarlarga ishlangan

miniatyuralarda aks etgan. Zeb-ziynat

buyumlari vaqt oʻtishi bilan astasekin

birbirini toʻldirib, 19-asr oxiri 20-asr

boshida yaxlit toʻplamlarni vujudga

keltirgan. Oʻzbekistonning turli

viloyatlarida yasalgan zargarlik buyumlari

oʻziga xos mahalliy xususiyatlari bilan

birbiridan farq qiladi. Xorazmlik zargarlar

tayyorlagan Zeb-ziynat buyumlari

salmokdorligi, serhashamligi va koʻrinishi

bilan ajralib turadi. Samarqand zargarlari



yaratgan taqinchoqlarda Toshkent

hamda Buxoro zargarligining taʼsiri

seziladi. Mas, panjara usulida nozik did

bilan qulflik qilib ishlangan bilaguzuklar

Buxoro zargarlarining ishlariga yaqin.

Buxoro zargarlarining Qashqadaryo,

Surxondaryo viloyati zargarlarining

ishlariga ham taʼsiri katta boʻlgan.

Toshkentlik kelinlar toʻyida (nikoh libosi

bilan birga) boshga tillakrsh, tillabargak,

gajak, quloqqa isirgʻa, boʻyinga koʻkrakka

tushib turadigan zebigardon, jevak,

xafaband, marjon, boʻyintumor, sochga

sochpopuk, qoʻltiqqa qoʻltiqtumor, qoʻlga

bilaguzuk va uzuklar taqqan. Samarqand

kelinlarining Zeb-ziynat buyumlari

(tillabargak, tillakrsh, gajak, isirgʻa,



sochpopuk, tavq, marjon, koʻkraktumor,

zebigardon yoki haykal, bilaguzuk va

uzuk) toshkentlik kelinlarnikiga yaqin

boʻlgan. Xiva kelinlarining taqinchoklari

(takyatuzi, osmaqanot, butuntirnoq,

oʻqyoy, shokila va boshqalar) oʻziga

xosligi bilan ajralib turadi. Shunga koʻra,

turli markazlarda yaratilgan Zeb-ziynat

buyumlari toʻplamlari umumiylikka ega

boʻlib, mahalliy oʻziga xoslik qismlarda

namoyon boʻladi. Bu toʻplamlar bir

namuna koʻrinishiga ega boʻlib, qatʼiy

boʻlmagan, u har bir xonadonning

iqtisodiy ahvoliga qarab u yoki bu

darajada boyitilgan. Ayollar Zeb-ziynat

buyumlari ni toʻlatoʻkis holatda kelinlik

davrining dastlabki 1–2 yil ichida,



toʻytantanalarda taqishga harakat qilgan,

boshqa vaqtda yengil qarakat qilishga

xalaqit bermaydiganlari (uzuk, bilaguzuk,

isirgʻa va boshqalar)ni taqqan. Zirak,

bilaguzuk, har xil munchoklar (munchoq,

qalampirmunchoq)ni qizchalarga juda

kichikligidan boshlab taqa boshlashgan,

chunki ular bezak boʻlish bilan birga

yomon nazardan asrash vazifasini ham

bajargan. 20-asr 20-yillarida zargar

ustalar artellarga birlashdi, anʼanaviy

serhasham va ogʻir Zeb-ziynat buyumlari

oʻrniga xalq didiga moye boʻlgan yengil,

qulay va nafis isirgʻalar (qashqarboldoq,

"isirgʻabarg", buxori zirak – "shibirma",

"ayzirak", ilon zirak va boshqalar), yoqut

koʻzli uzuklar, bilaguzuklar yasala



boshlandi, xom ashyo sifatida mis,

kumush va tilla bezaklardan, qisman

davlat ajratgan tilladan foydalanildi. 1963

yilda Toshkent zargarlik fabrikasi (1972

yildan zavod) ishga tushdi, u yerda tilla

zanjirlar, yoqut, feruza, gavhar va

boshqalar qimmatbaho toshlardan

koʻzlar qoʻyib ishlangan zirak va uzuklar,

bilaguzuklar, nikoh uzuklari koʻplab i.ch.

yoʻlga qoʻyildi. Nozik did va mahorat bilan

ishlangan bu qulay va nafis

taqinchoqlarni ayollar doimo taqib yurish

imkoniyatiga egadir. Zargarlar yangi Zeb-

ziynat buyumlari (jumladan,

qashqarboldoq, buxoro isirgʻasi

"shibirma", toʻgʻnogʻich, bilaguzuk, marjon

va boshqalar) bilan bir qatorda anʼanaviy



taqinchoqlarni (mas, isirgʻa, uzuk,

bilaguzuk, marjonlardan iborat

"Bozuband", "Oynazirak" va boshqalar

toʻplamlari, 90-yillar) yangicha oʻziga xos

bezaklar bilan yaratmoqda. 

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Manbalar



  So‘nggi tahrir 10 oylar avval IluvatarBot tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


"

https://uz.wikipedia.org/w/inde

x.php?title=Zeb-

ziynat_buyumlari&oldid=2053726



dan olindi 



Download 84,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish