28
maqsadga erishish uchun bu faoliyat juda zarurdir. Bu ma`lumotlarni xaridorlar, vositachilar,
sotuvchilar va raqobatchilar o„rtasida turli so„rovlar, interv‟yular o‟tkazish yo‟li bilan olinadi.
Birlamchi ma`lumotlarni yig‟ishning bir necha usullari mavjud: kuzatish, obzorlar tayyorlash,
eksperiment usullaridir.
Kuzatish usulini kullab tadqiqotchi, xaridorlar va sotuvchilar atrofida uralashib uni
qiziqtirgan tovarga bo„lgan talabning o„zgarishi haqida ma`lumotlarni yig‟ish mumkin. Xudi shu
yul bilan raqobatchilar tovari to„g‟risida xam ma`lumot yig‟ish mumkin.
Obzorlar tayyorlashda yangi tovarlar tasnifini yaratishda, reklama matnlarini tuzishda,
reklama qilishda ommaviy axborot vositalaridan foydalanilganda, sotishni rag‟batlantirish
tadbirlariga tayyorgarlik kurishda, tovar harakati kanallarini tadqiq qilish va boshqalardan
foydalanish muhimdir. Bu usul kuzatish va eksperiment oraligida turuvchi usuldir.
Eksperiment yordamida tadqiq kilinayotgan narsani qandaydir omillari va ularning
o„zgarishiga bo„lgan ta`sirini aniqlanadi. Bu usulning maqsadi ishchi gipotezalarini inkor etishdir.
Ma`lumotlar yig‟ishni bu usuli savdo xodimlarini tayyorlashning yaxshi usulini aniqlashda,
baholar darajasini aniqlash kabi marketing muammolarini o„rganishda kullaniladi.
Kerakli axborotni yig‟ish uchun tadqiqotchi ilgaridan ma`lum bo„lgan va ishonchli, yangi
yaratilgan instrumentariyadan foydalanishi lozim. Kuzatish va eksperiment usuli texnik vositalar,
ya`ni magnitafonlar, foto, video va kinokameralaridan foydalanish bilan tasniflanadi. Obzorlar
tayyorlash va ayrim xollarda eksperiment, anketa so„rovlari utkazishni talab qiladi.
Anketa so„rovlari – birlamchi ma`lumotlar yig‟ish instrumentidir. Anketalar respodentlarga
mo‟ljallangan savollarga javoblardan iboratdir. Respodentlar – anketa so„roviga javob
beruvchilardir. Anketa so„rov utkazishda xato va kachiliklarga yul kuymaslik uchun ilgaridan juda
aniq tayyorgarlik kurish zarur. Bunday tayyorgarlik jarayonida kuyidagilarni aniqlab olish lozim :
olinishi kerak bo„lgan axborot;
anketa turi va harakat usuli;
xar bir savolning mazmuni;
xar bir savolning lugatini aks ettirish;
savollar ketma – ketligi va doimiyligi;
anketaning jismoniy tasnifi.
Pochta orkali so„rov – shaxsiy interv‟yuga rozilik bildirmaganlar bilan aloqa qilib
urgatishning birdan – bir imkoniyatidir. Shu bilan bir vaktda savollarni aniq, oddiy va lo„nda tarzda
tuzilishini talab qiladi. Javob kaytish darajasi juda sekin kelib tushadi.
Shaxsiy interv‟yu – so„rov utkazishning eng makbul usullaridan biridir. Chunki interv‟yuer
(interv‟yu utkazuvchi) zarur xollarda anketada kuzda tutilgandan tashkari kuprok savollar berishi
mumkin va interv‟yuni uz shaxsiy kuzatishlari bilan tuldirishi mumkin. Bu usulning kamchiligi,
uning ancha qimmatga tushishi va maxsus tayyorgarlikdan utgan mutaxassislar bo„lishini talab
qilishidir.
Axborotlarning kelib chiqishi, manbai, belgilanishi, kaysi maqsadga yo„naltirishi,
murakkabligi, ularga ishlov berish darajasiga karab nixoyatda xilma – xil bo„lganligi kabi, ularni
yig‟ib olish, qayta ishlash va tayyorlashda xam xilma-xil usullardan foydalaniladi. Ular, eng avvalo
ijrochi shaxslar tomonidan kul kuchi yordamida, kolaversa uzi yozadigan moslamalar yordamida
yig‟ilishi, qayta ishlanishi, uzatilishi, tahlil qilinishi, boshqarish uchun umumlashtirilishi va
tayyorlanishi mumkin. Xozirgi kunda marketing bulimlari, guruhlari yoki sof marketing
korxonalarida axborotlarning nixoyatda kup va murakkabligidan maxsus kurilmalar, registratorlar
va boshqa xilma – xil maxsus mashina texnikasidan foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: