2.3.2-jadval
Xazorasp tumani mahalliy byudjeti daromadlarida
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining o’rni
Ko’rsatkichlar
2010 yil
2011 yil
2012 yil
mln.so’m %da mln.so’m %da mln.so’m
%da
Daromadlar - jami
21053,7 100,0 22926,5 100,0 34299,8
100,0
Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad
solig’i
4795,7
22,8
5495,4
24,0
6660,8
19,4
Manba: Xazorasp tuman DSI xisobot ma’lumotlari.
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Xazorasp tumani mahalliy byudjeti
daromadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 2010 yilda jami
daromadlarga nisbatan 22,8 foizni, 2011 yilda 24,0 foizni tashkil etgan bo’lsa,
2012 yilda 19,4 foiz bo’lganligini ko’zatish mumkin.
Jismoniy shaxslar daromadlaridan olinadigan soliqning davlat byudjeti
daromadlarida tutgan o’rni va ahamiyatini, shuningdek, uning Jizzax viloyati soliq
tshumlari tarkibidagi ahamiyatini o’rganish natijasida xulosa qilish mumkinki,
ushbu soliqni, jumladan, jismoniy shaxslarning mehnatga haq to’lash shaklidagi
daromadlarini soliqqa tortishning amaldagi mexanizmini o’rganish dolzarb
ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz iqtisodiyotida unchalik ahamiyat kasb etmaydigan soliqlar
ham mavjudki, ularni aholi daromad solig’i to’lagandan so’ng qolgan daromadlari
hisobidan to’laydi. Bularga mol-mulk solig’i yoki turar joylarni majburiy
sug’urtalash uchun sug’urta badali va hokozalar misol bo’la oladi. Mol-mulk
solig’iga alohida to’xtaladigan bo’lsak haqiqatdan bu soliqni to’lashni asosiy
manbai faqatgina boshqa majburiy soliqlar va to’lovlar amalga oshirilgandan so’ng
amalga oshirilishi lozim. Aynan shu soliq turi va shahar joylardagi er solig’i soliq
to’lashga ob’ekt bo’lsada, ob’ektga nisbatan soliq to’lash manbai ish haqidan
ma’lum soliqlar va majburiy to’lovlarni amalga oshirgandan so’ng to’lashlari shart.
65
Aks holda, yoki mulkdan ajrashi kerak, yoki moliyaviy jarimalar bilan qo’shib
to’lashi kerak.
Ma’lumki, mazkur soliq va to’lovlar aholi real daromadini kamaytirishga
olib keladigin resurslar yig’indisidir. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, aholidan
olinadigan daromad solig’i barcha soliqlar va soliq vazifasini bajaruvchi majburiy
to’lovlar ichida eng yuqori miqdorini tashkil etmoqda. Shunday ekan, aholidan
olinadigan daromad solig’ining ob’ektiv zarurligi soliqqa tortishning «vujudga
kelish manbalaridan qat’iy nazar barcha daromadlarni soliqqa tortilishi» orqali
byudjet daromadlarini tashkil etishdan kelib chiqadi. Chunki byudjet manfaatlari
va uning taqchillik darajasini (kamomadini) birmuncha kamaytirish nuqtai-
nazaridan ham aholi daromadlarining soliqqa tortilishi ob’ektiv zaruriyatdir.
Jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliqlar bo’yicha imtiyozlari
samaradorligini baholash tartibini takomillashtirish masalalariga bag’ishlangan
mazkur bitiruv malakaviy ishining
Do'stlaringiz bilan baham: |