O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

1-MAVZU. QADIMGI DUNYO IQTISODIY GOYALARI. 
 
1.1.
 
Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g'oyalar. 
 
Iqtisodiy  fan  manbalarini  avvalo  jahon  tsivilizatsiyasining  beshigi  bo'lgan 
qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to'g'ridir.  
Iqtisodiy  g'oyalarning  shakllanishi  insoniyatning  paydo  bo'lishi  bilan 
boshlangan. Ammo hozirgi paytda qo'lyozmalarda aks ettirilgan g'oyalargina tahlil 
qilingan.  Shu  sababli  iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  quldorlik  jamiyati,  aniqrog'i, 
xususiy mulk paydo bo'lishi bilan boshlanadi, deyish o'rinlidir.  
Dastlab  quldorlik  jamiyati  Sharqda  sinfiy  ajralish  boshlangan  joylarda, 
Mesopotamiya (Tigr va Efrat daryolari oralig'ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV 
ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu erda texnologik inqilob 
ro'y  berdi,  metall  qurollar  ishlatila  boshlandi,  qishloq  xo'jaligida  intensiv,  ko'p 
hollarda  sug'orma  dehqonchilikka  o'tildi,  shu  asosda  nisbatan  turg'un  qo'shimcha 
mahsulot  olish  imkoni  tug'ilgan.  Oqibatda  jamiyatda  mehnat  taqsimotini 
rivojlantirishga,  ko'pgina  hunarmandchilik  sohalarining  ajralib  chiqishiga,  sinfiy 
tabaqalanishga turtki bo'ldi.  
Bu  davrda  qo'shimcha  mahsulot  olishning  asosiy  usuli  jamoaga  birlashgan 
dehqonlarni  ekspluatatsiya  qilish  yo'li  bilan  renta  -  soliq  olish  (Osiyoda)  bo'lsa, 
qullarni  (davlat  yoki xususiy)  beayov ishlatish  bilan  ham  (Evropada)  katta boylik 
orttirilgan.  Sharqda  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuv  darajasiga  qarab,  ayrim 
«erkin»  aholining  ahvoli  qullarnikidan  deyarli  farq  qilmagan  (umuman,  Sharq 
mamlakatlarida  qulchilik  masalasi  hali  uzil-kesil  hal  etilgan  emas.  Akademik 
V.V.Struve  uni  tan  oladi.  Lekin  ko'pgina  olimlarning  fikricha,  Sharqda  quldorlik 
klassik  shaklda  rivoj  topmagan,  patriarxal,  ya'ni  uy  xo'jaligida  ustun  bo'lgan 
(Qarang: Istoriya Drevnego Vostoka.M.,MGU,1991).  
Sharq,  jumladan  Markaziy  Osiyo  mamlakatlaridagi  xo'jalik  faoliyatida 
nisbatan  erkin  odamlar  ishtirok  etgan.  Masalan,  dehqonchilik,  hunarmandchilik, 
qurilish  sohasida  qullar  mehnatidan  foydalanilmagan.  Antik  dunyo  (Farbiy 
Evropa)dagi  ayrim  regionlarda  xalqaro  savdoni  olib  borish  bilan  bog'liq  ravishda 
tovar-pul  munosabatlari ham  anchagina  rivojlangan  (masalan, Gretsiyaning ayrim 
shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O'z 
mahsulotini 
sotishga 
mo'ljallab 
ishlab 
chiqargan 
qulchilik 
xo'jaliklari 
ekspluatatsiyani  kuchaytirishni  talab  etgan.  Oqibatda  klassik  yoki  antik  qulchilik 
yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya).  
Bizgacha  etib  kelgan  eng  qadimgi  qo'lyozmada  (Qadimgi  Misr,  eramizdan 
avvalgi  XXII  asr) noib  va  aholi  o'rtasidagi  munosabatlar  to'g'risida  fikr  yuritiladi. 
Bu  davrda  sinfiy  ajralish  to'la  shakllanmagan  bo'lib,  boshqaruv  ishiga 
ishbilarmonlarni  taklif  etish  (yuqori  tabaqali  yoki  oddiy  aholidan  bo'lishidan  qat'i 
nazar) kerak deyilgan.  
Qadimgi  Misrdan  farqli  ravishda  Mesopotamiyada  xususiy  mulkchilik  va 
tovar-pul  munosabatlarining  nisbatan  tez  rivojlanishi  xarakterlidir.  Inson  shaxsi 
ozodligining kafolati yo'q bo'lgan o'sha sharoitda qarzdor qulchilik xo'jalik rivojiga 
olib  kelar  edi.  Bunday  jarayonlar  soliq  to'lovchilar  va  harbiylardan  ajralib  qolishi 
mumkin  bo'lgan  davlatning  kuchsizlanishiga  olib  kelgan.  Saklanib  qolgan 


 
48 
yodgorliklarda,  yozma  qonunlarda  iqtisodiy  g'oyalar  ham  mavjud,  unda  mustaqil 
ishlab  chiqaruvchilarning  huquqlarini  himoya  qilish,  tartibga  solish  bo'yicha 
muhim  fikrlar  berilgan.  Eramizdan  avvalgi  XVIII  asrda 
Bobil  (Vavilon)
  da 
(m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish