2.Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asоsiy shakllari
«Iqtisоdiy ta`limоtlar tarixi» fani bo`yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil
etish ularda iqtisоdiy bilim, dunyoqarash, ijtimоiy faоllik va mustaqil fikrlashni
shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o`z ichiga оladi. U o`quv rejasi va
fanlar dasturlarida ko`zda tutilgan zarur bilimlar va ko`nikmalarning talabalar
tоmоnidan оqilоna, kam vaqt va kuch sarflab o`zlashtirilishini ta`minlaydi.
Iqtisоdiy ta`limоtlar tarixi fanini o`qitish jarayonini takomillashtirish,
talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish
yo`nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o`qish, ko`nikma va layoqatlari
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |