F. R. Q o d ir o V a, sh. K. T a s h p u L a t o V a


 YOSH MUTAXASSISLAR BILAN YAKKA TARTIBDA



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/101
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#293349
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
Bolalar bog`chasida metodik ishlar.Қодирова Ш

2.4. YOSH MUTAXASSISLAR BILAN YAKKA TARTIBDA
ISHLARNI TASHKIL QILISHNING USUL VA USLUBLARI
Bolalarda  ularning yangi  tarbiyachilari  qanday  ilk taassurot  uyg‘otishi 
ham  katta  ahamiyatga  egadir.  Agarda  u  ikkilansa,  qat’iyatsizlik  koi'satsa, 
kichkintoylar oldida muvaffaqiyatsizlikka duch kelishidan cho'chisa, bolalar 
buni  tezda  anglab  oladilar  va  ularni  boshqarish  oson  boMmaydi.  «Guruhni 
eplolmaydi»  deyishadi,  bunday  tarbiyachi  haqida.  Yosh  mutaxassis 
o"z
 
muvaffaqiyatsizliklaridan  chuqur tashvishga tushadi,  hatto o‘zining kasbga 
yaroqliligiga gumonsiraydi.
Yosh  tarbiyachilarga  yordamni  qanday  uyushtirish  kerak?  Eng  avvalo 
uni tajribali, bilimdon. bolalarni va o‘z ishini sevadigan pedagog ishlaydigan 
guruhga yo‘llash kerak. Engyaxshi yordam pedagogga bolalar bilan qanday 
ishlash  kerakligini  ko‘rsatishdir.  Hech  qanday  maslahat,  gapirib  berish, 
tushuntirishlar kol'satishdek yordam  berolmaydi.
Mana  yosh  tarbiyachi  bolalarning  mustaqil  faoliyatlarini  uyushtira 
bilmayapti.  Bolalar  nima  bilan  shug‘ullanishini  bilmaydilar,  pedagog  esa 
guruhda  intizomni,  tartibni  o‘rnatolmaydi.  Uslubchi  yoki  maktabgacha 
ta’lim  muassasasining  mudiri  bolalarning  bunday  xatti-harakatlari  saba-
32


bini  aniqlaydi:  agarda  bolalar  bekorchilikdan  to‘polon  qilayotgan  boisalar, 
unda  darhol  ularga  ma’qul  keladigan  mashg‘ulotlarni  topish  kerak 
boiadi.  Bunday  vaziyatlarda  uslubchi  tarbiyachiga  bolalarning  xilma- 
xil  faoliyatlariga  mos  keluvchi  sharoitlarni  qanday  tashkil  qilishni,  ularni 
o‘yinlar,  mashg‘ulotlarga jalb  qilishni  ko‘rsatadi.  Ustalik  bilan,  ularning 
fikrlarini  buzmay,  bolalarga  individual  yondashuvni  amalga  oshirishga 
yordam  beradi,  qiynalayotgan  va  ishni  yarim  y o ld a  tashlab  ketmoqchi 
boMganlarga  maslahatlar  beradi,  tushuntiradi,  ko‘maklashadi,  bolalarga 
o‘z  faoliyatlarini  hamma  narsani  oldindan  tayyorlab  qo‘yib  uyushtirishni 
o‘rgatadi; o‘yin uchun sherik topishda yordamlashadi...  Bunday ko‘rgazmali 
misol  tarbiyachiga  bolalarning  faoliyatlarini  to‘g‘ri  uyushtirishda  yordam 
beradi.
Har  bir  yosh  mutaxassis  -   ishni  endi  boshlayotgan  yosh  tarbiyachi 
maslahatlar  olib  turishi  uchun  unga  murabbiy  -  tajribaliroq  va  obrocliroq 
tarbiyachini  biriktirish lozim.
Yosh  mutaxassisning  kasb  mahoratini  egallab  olishi  osonlik  bilan 
boim aydi.  Mana  shuning  uchun  ham  yosh  pedagogni  ishning  ilg‘or 
metodlari  va usullarini egallashga, o'z bilimlarini  doimo toMdirib borishga, 
erishilganlar  bilan  cheklanmay,  tarbiya  sirlarini  egallash  ishtiyoqini 
singdirishga yo‘llash uslubchining vazifasi  hisoblanadi.
Dastlabki  kundan  boshlab  uslubchi  yosh  pedagogga  bolalarni  diqqat 
bilan  kuzatishni,  ularning  fikrlariga  quloq  solishni,  xatti-harakatlarini 
o'rganishni o'rgatadi. Har bir bolaning kimligini (qandayligini), uni nimalar 
qiziqtirishini, nimalar bilan yashashi, nimalar quvontirishi, tengqurlarining 
unga  qanday  munosabatda  bo‘lishini  bilgan  taqdirdagina  har  bir  bolaning 
qalbiga yo‘l  topish  mumkinligi hammaga m aium .  Pedagogning,  unda  kasb 
m ahoratining  shakllanishi  tarbiyachi  bolani,  uning  xususiyatlarini,  xatti- 
harakatlarning  sabablarini  tushuna  bilganda,  har  bir  bolaga  e’tiborli  va 
sezgir  boMganda,  xayrixohlik  bildirib,  ko‘nglini  ko'tarib,  erkalata olganda, 
guruhda  bolalar 
0
‘zlarini  uylaridagidek  his  qiladigan  vaziyatni  yarata 
olishidan boshlanadi.
Yosh  mutaxassisni  iliqlik  bilan  kutib  olish  va  o‘z  jam oasiga  qabul 
qilish,  unga  kasbga «kirishishida»  va  unga mehr qo‘yishida yorhamlashish 
muhimdir.  Ayrim  yosh  tarbiyachilarning  ishdan  hafsalasi  pir  bo‘lishi  va 
qoniqmasliklari haqidagi mavjud faktlarga ba’zan to'liq darajada ma’muriyat 
va birinchi  navbatda uslubchi sababchi  bo‘ladi.
Tarbiyachi,  ayniqsa  yosh  tarbiyachi  mehnatining  o‘z  vaqtida,  adolatli 
baholanishiga  ehtiyoj  sezadi.  Biz  ko‘pincha  tarbiyachining  ishini  faqat 
tashqi  belgilariga  ko‘ra  baholaymiz.  Guruhda  osoyishtalikmi  -   demak
33


hammasi joyida.  Buning  ortida  nima  bor?  Asosiy  maqsad  tashqi  intizom 
emas,  balki  pedagog  bolalarni  xushmuomala  qilib  tarbiyalay  olgan- 
olmaganligi,  atrofdagilarga  hurmat bilan  munosabatda boMishni  o‘rgatgan- 
o‘rgatmaganligi,  bolalarning  yordamga  muhtoj  o‘rtoqlariga  o‘z  vaqtida 
yordam ko‘rsatishni  bilish-bilmasliklarida  emasmi?
Maqtov  kayfiyatni  ko‘taradi,  faoliyatni  rag‘batlantiradi,  ishonch 
tug‘diradi,  ishga  qiziqishni  oshiradi.
Tarbiyachi  shaxsidagi  ijobiylikka  tayanish  unga  qo‘yiladigan  yuksak 
talabchanlik  bilan  birgalikda  amalga  oshiriladigan  jam oalarda  yaxshi 
an’analar,  yuksak  mas’uliyat  ruhi,  do‘stona  o‘zaro  yordam,  ijodiy  tashab- 
buskorlik yashaydi.  Bunday sharoitlarda ishni endi boshlayotgan tarbiyachi 
pedagoglar jamoasiga tez va osonlik bilan  singib  ketadi.
Kasbga oid sifatlar ko'p jihatdan tarbiyachi ning o‘ziga xosligi, xarakteri 
va temperamentining xususiyatlariga bog‘liq boMadi. Pedagoglik faoliyatiga 
m alum   irsiy moyilliklari boigan mahoratli  kishigina chinakam  va omilkor 
tarbiyachi  boiishi  mumkin  degan  fikrlar  mavjud.  Bu  fikrga  asoslangan 
ayrim  olimlar  pedagogika  oliy  o'quv  yurtlariga  abiturientlarni  teatr-san’at 
o‘quv  yurtlariga  tanlagandek  tanlab  olish  kerak,  deb  hisoblaydilar.  Bosh- 
qalari  bunday  ommaviy  tarqalgan  kasb  alohida  iste’dodlilar  imtiyozi 
boMolmaydi,  deyishadi.  Barcha  odamlar  (ayrim  istisnolardan  tashqari) 
tabiatan tarbiyachilik sifatlariga egadirlar.  Masalan,  pedagoglik mahoratini 
o‘rgatishdadir.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish