F. R. Q o d ir o V a, sh. K. T a s h p u L a t o V a


  MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/101
Sana01.01.2022
Hajmi4,15 Mb.
#293349
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
Bolalar bog`chasida metodik ishlar.Қодирова Ш

2.1. 
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI
 
USLUBCHISINING G‘OYAVIY MA’NAVIY YETUKLIGI,
 
UMUMIY MADANIYATI
Rahbarlik  odobi  yuksak  ma’naviy,  madaniy,  axloqiy  m e’yor,  talab  va 
tamoyillar bo‘lgan erkinlikka asoslanadi.  Rahbar nafaqat o‘zi erkin bo‘lishi, 
balki  sherigining,  o‘zi  ishlayotgan  jam oa  a’zolarining  ham  erkinligini 
hurmat qilishi  lozim.
Rahbar  faoliyatiga  hech  kim  qonunsiz  aralashuvi  m umkin  emas.  Shu 
bilan  birga  rahbar  ham  o‘zi  rahbarlik  qilayotgan  a’zolarining  mehnat 
faoliyatiga qonunsiz xalaqit bermasligi zarur.
Rahbar  bo'ysunuvchi  xodimlarining  mayda-chuyda  kamchiliklariga 
bardoshli b oiishi, ularga o'ziga ishonganday  ishonishi  lozim. O ‘zaro kelish- 
movchiliklarga y o l  qo'ymaslik rahbarlik odobining muhim tamoyilidir.
O'zaro  munosabatlarda  ba’zan  har  xil  kelishmovchiliklar,  fikrlar  har 
xilligi,  qarashlarning  to‘la  boMmagan  moslig  ham  bo‘lib  turadi.  Shuning 
uchun  odob  rahbarga  juda  zarur  bo‘lgan  eng  muhim  fazilatlardandir. 
Rahbarlik  odobi  ayni  paytda  o'zaro  tenglik  va  odillikka  asoslanadi.  Bu 
narsa  tomonlarning  o‘z  faoliyatini  obyektiv  baholashiga  yordam  beradi. 
Ma’lumki, rahbarlik umuminsoniy  qadriyat hisoblanadi.
Butun  dunyo  ishbilarmon  rahbarlariga  xos tadbirkorlar odobining yana 
bir m a’naviy, ma’rifiy xususiyati -  va’dagavafo qilish, uni so‘zsiz bajarishdir. 
Unga ko‘ra,  ikki  tomon bir narsaga ahdlashgan shartnomani,  shartnomaviy 
majburiyatni  bajarish  shart.  Bordiyu,  ulardan  biri  bu  majburiyatni  buzsa, 
nafaqat  majburiyat  oigan  tadbirkor  yoki  rahbar,  balki  boshqa  barcha 
tadbirkorlar  ham  u  bilan  munosabatini  uzishlari,  boshqa  munosabat 
o‘rnatm asliklari  mumkin. Zamon,  davr talabi  shunaqa bo'lib bormoqda.
Yana  bir  muhim  holat  rahbarlik  faoliyatida  milliy  g‘oya  negizlaridan 
foydalanish  yo‘llarini  aniq  bilish  bilan  bog‘liq.  Bu  rahbar  faoliyatining 
sohasi  bilan  uzviy  aloqador.  Inson jam iyatda yashar ekan,  albatta,  m a’lum 
milliy qadriyatlar,  an’analar, tafakkur tarzi tizimida karnol topadi.  Bugungi 
rahbar  kadrlar  yangicha  ishlashiga,  yangicha  o'ylashiga  to‘g‘ri  kelmoqda. 
M amlakatim iz  istiqlolga  erishgach,  oldimizga  qo‘yilgan  maqsadlarga 
erishish, eski m afkuraviy asoratlardan xalos bo‘lish, g‘oyaviy bo‘shliq paydo 
bolishiga  yo‘1  qo'ymaslik,  har  tomonlama  barkamol  avlodni  tarbiyalash, 
voyaga yetkazishda milliy g‘oya negizlaridan foydalanish muhim ahamiyat 
kasb  etadi.  Rahbarlik  faoliyatida  milliy  g‘oya  to‘g‘risida  fikr yuritilganda. 
uning  O 4zbekiston  jam iyati,  o‘zbek  xalqi  hayoti,  turmush  tarzi,  tarixi,
23


madaniyaii,  milliy-madaniy  merosi  va  qadriyatlari  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
hamda milliy g4oyada aks  etadigan,  o‘ziga xos  qonuniyatlari ham mavjud.
Rahbarlik  faoliyatida  milliy  qadriyatlarga  sodiqdik  milliy  g‘oyaning 
tayanch negizlaridan biridir. O'tm ishdan qolgan buy uk madaniy merosimiz, 
mumtoz qadriyatlarimizni hurmat qilish, ularni  ijodiy jihatdan o i’ganish bu 
tamoyilning  asosiy jihatidir.  Fikr erkinligi  va xilma-xilligi  tamoyili  milliy 
g‘oya  uchun  muhim  o‘rin  tutadi,  jam iyat  taraqqiyotini  rivojlantiruvchi 
omil  sifatida  namoyon  boiadi.  Fikr  erkinligi  va  fikrlar,  g‘oyalar  xilma- 
xilligiga asoslanish taraqqiyotni ta’minlab turuvchi, rahbarning salohiyatini 
oshirib  turuvchi  noyob  imkoniyatdir.  Rahbarlik  faoliyatida  milliy  g‘oyaga 
asoslanish  zararli,  begona  g‘oyaiarning  ta’siridan  saqlaydi,  g‘oyaviy 
immunitetni  oshiradi.
Rahbarlik  faoliyatida  milliy  g‘oyaga  tayanish  orqali  inson  turli  xil 
g ‘oyaviy  ta’sirlarning  maqsad  va  muddaoalarini  bir-biridan  farqlay 
oladi.  Jamoada  milliy-ma’naviy  qadriyatlarga  boMgan  sog‘lom  muhitni 
shakllantiradi va uni  hurmat qilishga asos yaratadi.
Ma’lumki,  har  qanday  jam iyatning  istiqboli,  uning  rivojlanishi 
m am lakatning akliy  intellektual  salohiyati  bilan  bogiiq.  Jamiyatda  ta’lim- 
tarbiya  shaklini,  uning  amal  qilish  uslubi,  hayotdagi  o‘rni  va  ahamiyati, 
mohiyatini  tushunmasdan  turib, yosh  avlod  ongini  shakllantirish  mushkul. 
Shu  sababli  m am lakatim izda  jahon  andozalariga  har  tomonlama  javob 
bera  oladigan,  qalbida  Vatan  va  millat  g‘ururini  ardoqlagan,  yuksak  va 
mustahkam  e’tiqodiga  ega  bo‘lgan  yoshlarni  tarbiyalashga  katta  ahamiyat 
berilmoqda.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish